Pokistondagi toshqin sabab 200 mingdan ortiq kishi evakuatsiya qilindi

Foto: AP Photo/K.M. Chaudary
Pokiston hududida sodir boʻlgan kuchli toshqin oqibatida kamida 210 ming aholi xavfli hududlardan evakuatsiya qilindi. Bu haqda Dawn nashri xabar berdi.
Maʼlumotlarga koʻra, evakuatsiya ishlari Panjob va Xayber-Paxtunxva provinsiyalari, shuningdek, Azad, Jammu va Kashmir hamda Gilgit-Baltistan hududlarida olib borilgan.
Qutqaruvchilar 28 mingdan ziyod aholini xavfli hududlardan olib chiqishga muvaffaq boʻldi. Biroq yordam koʻrsatish jarayonida ikki harbiy xizmatchi halok boʻldi.
Hukumat maʼlumoticha, toshqindan jabr koʻrgan hududlarda 29 ta tibbiy lager tashkil etilgan, shu vaqtga qadar 20,7 mingdan ortiq fuqaroga tibbiy yordam koʻrsatilgan. Shuningdek, aholi orasida 225 tonna oziq-ovqat mahsulotlari tarqatilgan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Saudiya Arabistonida “Oʻzbekiston madaniyati kunlari” davom etmoqda
- Super oy: Bugun Yerning tabiiy yoʻldoshi odatdagidan ancha katta koʻrinmoqda
- Aholi va qishloq xoʻjaligini roʻyxatga olishga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish tartibi belgilandi
- Samarqandda YUNESKOning 43-sessiyasiga tayyorgarlik avjida
- Markaziy Osiyo pedagoglari Nukusda jam boʻldi
- Hududlarda 34 ta yuqori texnologiyali sanoat loyihalari amalga oshiriladi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring