Pokistonda yoʻlovchi samolyoti turajoylar ustiga qulab tushdi

16:05 22 May 2020 Dunyo
893 0

Pokistonning Karachi shahri “Jinna” xalqaro aeroporti yaqinida Pakistan International Airlines (PIA) tegishli yoʻlovchi samolyoti qulab tushdi. Bu haqda mahalliy OAV xabar berdi.

Samolyot Lahor shahridan Karachi shahri ichki reysni amalga oshirib, “Jinna” aeroportiga qoʻnishi kerak edi.

Reuters xabariga, layner bortida 107 kishi, 99 yoʻlovchi va 8 nafar ekipaj aʼzosi boʻlgan. Hozircha qurbonlar va jarohatlanganlar haqida maʼlumot berilmagan.

 

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?