Poytaxtning “Uch qahramon” bozorida katta yongʻin sodir boʻldi

11:31 11 Avgust 2025 Jamiyat
576 0

11-avgust kuni tunda Toshkent tumanida joylashgan “Uch qahramon” bozorida yongʻin sodir boʻldi. Bu haqda Favqulodda vaziyatlar vazirligi xabar qildi.

Maʼlum boʻlishicha, soat 02:22 da Toshkent viloyati FVBga bozor yonayotgani haqida xabar kelib tushgan. Voqea joyiga 10 ta yongʻin-qutqaruv ekipaji 7 daqiqada yetib borgan.

Yongʻin soat 03:24 da qurshab olingan va 04:46 da bartaraf etilgan. Tan jarohati olganlar toʻgʻrisida maʼlumot kelib tushmagan.

Avvalroq “Chorsu” bozoridagi doʻkonlar yonib ketgani toʻgʻrisida xabar qilingandi. 12 ta yongʻin-qutqaruv ekipaji oʻtni oʻchirishga jalb etilgan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?