Poytaxtda tadbirkorlar qariyb 500 million soʻmlik gaz va “svet”ni talon-taroj qildi

15:35 16 Sentyabr 2025 Jamiyat
118 0

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Chilonzor tumani boʻlimi tomonidan tezkor tadbir oʻtkazildi, deb xabar bermoqda Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti.

Unda aytilishicha, oʻtkazilgan tergovga qadar tekshiruv davomida “Sh.-K.” MCHJ masʼul shaxslari “Sharq” MFY hududidagi koʻp qavatli uyda umumiy foydalanishdagi elektr tarmogʻiga oʻzboshimchalik bilan ulanib, 243,6 million soʻmlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalanganliklari fosh qilingan.

Shu kabi yana bir holat Departamentning Yashnobod tumani boʻlimi tomonidan oʻtkazilgan tergovga qadar tekshiruvda ham aniqlangan.

Unga koʻra, “Y.O.” MCHJ masʼul shaxslari “Yashnobod” MFY hududidagi umumiy ovqatlanish shoxobchasida 226,8 million soʻmlik tabiiy gazdan noqonuniy foydalanganliklari maʼlum boʻlgan.

Hozirda mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi (oʻgʻrilik) bilan jinoyat ishlari qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari boshlab yuborilgan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?