Poytaxt bozorlarida foto va video tasvirga olish pulli boʻladi
Toshkent shahridagi bozorlar va savdo komplekslari hududida tijoriy maqsadlarda foto yoki video tasvirga olish uchun alohida toʻlov belgilandi. Bu haqda poytaxt hokimi Shavkat Umurzoqovning tegishli qarori qabul qilindi.
Unga koʻra, endilikda videorolik, reklama materiali, klip yoki boshqa tijoriy yoʻnalishdagi suratga olishning bir soati uchun 5 million soʻm miqdorida toʻlov undiriladi.
Qarorda qayd etilishicha, ushbu tartib ommaviy axborot vositalari hamda xorijiy turistlar tomonidan amalga oshiriladigan suratga olish ishlari uchun qoʻllanilmaydi, ular uchun alohida ruxsat va toʻlov talab etilmaydi. Qoidalar faqat tijorat maqsadidagi suratga olishga, yaʼni pul ishlab, daromad olish uchun moʻljallangan videotasvirlarni olishga taalluqli.
Ular quyidagilar:
- muntazam ravishda reklama, integratsiya va “prosmotr”lardan pul topadigan yirik blogerlar va inflyuenserlar;
- kliplar, reklama roliklari, hujjatli loyihalar, seriallar yoki filmlar suratga oladigan tijorat studiyalari va media ishlab chiqarish guruhlari;
- oʻz tovarlari va xizmatlarini targʻib qilish uchun bozor hududidan foydalanadigan kompaniyalar.
Hujjatda keltirilishicha, tijorat maqsadidagi suratga olish uchun toʻlovlar rasmiy, shaffof tarzda yigʻiladi va infratuzilmani rivojlantirishga yoʻnaltiriladi. Mablagʻlar xususan, hududlarni obodonlashtirish, sanitariya va xavfsizlikni taʼminlash, piyodalar yoʻlaklari va oʻtish joylarini yaxshilash, kuzatuv va yoritish tizimlariga xizmat koʻrsatishga sarflanadi.
Qoʻshimcha qilinishicha, bozorlar va savdo majmualarida koʻrsatiladigan bir qator xizmatlar uchun yangi tariflar joriy etilgan. Hujjatga koʻra, avtoturargohlar boʻyicha ham yangilangan toʻlov tartibi belgilangan.
Qarorga muvofiq, bozorlar avtoturargohlarda yengil avtomobillar uchun toʻlov miqdorlari haftaning kuniga qarab farqlanadi. Xususan, shanba-yakshanba kunlari tariflar oshirilgan:
- 3 soatgacha vaqt uchun 25 ming soʻm;
- 4 soatdan ortiq vaqt uchun esa 50 ming soʻm undiriladi.
Ish kunlarida esa tariflar pastroq boʻlib qolmoqda. Yangi tartib bozorlar yaqinidagi tirbandlikni kamaytirish va avtoturargohlar yuklamasini tartibga solish maqsadida joriy etilgani qayd etilgan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- G20 sammitining Janubiy Afrikada oʻtkazilishi sharmandali holat – Tramp
- AQSH va Britaniya Suriya muvaqqat prezidenti Axmad ash-Sharʼani “qora roʻyxat”dan chiqardi
- Oʻzbekiston U-17 terma jamoasi Jahon chempionatidagi ikkinchi oʻyinida magʻlub boʻldi
- Oʻzbekiston milliy terma jamoasining xalqaro musobaqa uchun qaydnomasi eʼlon qilindi
- Turkiya sudi Netanyahuni Gʻazoda genotsid sodir etganlikda ayblab, hibsga olish orderini maʼqulladi
- Rossiya NATOga hujum qilish uchun shay holatda — Bundesver generali
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring