Pogonda nima ayb?

09:38 17 Aprel 2020 Jamiyat
879 0

Shu yilning 14-aprel kuni Namangan shahrida “Malibu” rusumli avtomashinasidagi fuqaro “Oromgoh” mahalla fuqarolar yigʻinida faoliyat yurituvchi “Oromgoh” blok postiga kelganda, bu yerda xizmat olib borayotgan ichki ishlar organlari xodimlari unga karantin qoidalarini buzganligini aytishib, holatni rasmiylashtirishga kirishadilar. Haydovchi qonuniy talablarga boʻysunish oʻrniga ularni haqoratlab, janjal qila boshlaydi va faol qarshilik koʻrsatadi. Avtomobil jarima maydoniga olib ketiladi.

Endi voqeaga haydovchining turmush oʻrtogʻi aralashadi. U oʻzini ming koʻyga solib, janjal qiladi, oʻzini mashina tagiga tashlayman, deb qoʻrqitadi. Shu bilan birga hududiy profilaktika inspektorini haqoratlab, uning pogonlarini yulib oladi.

Ushbu holat yuzasidan haydovchi va uning turmush oʻrtogʻiga nisbatan maʼmuriy bayonnoma rasmiylashtirildi. Hozirda Namangan shahar prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

Aziza JONIYEVA.

Namangan viloyati.
Manba: Postda.uz

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?