Paxtaobodda koreyalik shifokorlar ish boshladi
Foto: Saminjon Husanov / Xalq so'zi
Andijon viloyati Paxtaobod tumanidagi “Yuqori” mahallasida ish boshlagan "RT Medline” shifoxonasida yuqori sifatli tibbiy xizmatni yoʻlga qoʻyish uchun Janubiy Koreya davlatidan tajribali shifokorlar jalb etildi. Eʼtiborlisi, ular ushbu shifo maskanida faoliyat yuritib, hudud aholisining salomatligini mustahkamlashga oʻz hissasini qoʻshadigan boʻldilar.
– Tumanimiz respublikamizning eng chekka hududlaridan hisoblanadi,-deydi paxtaobodlik mehnat faxriysi Zaynab Mamarasulova. – Qoʻshni Qirgʻiziston bilan shundoqqina qoʻshnimiz. Gohida davolanish uchun respublikamiz poytaxti tugul viloyat markaziga qatnash ham biz uchun ogʻirlik qiladi. Mahallamizda mana shunday zamonaviy shifoxonaning foydalanishga topshirilishi ayni muddao boʻldi.
Loyiha qiymati 6,2 mlrd. soʻmni tashkil etuvchi ushbu shifoxonada ilgʻor tibbiy texnologiyalar asosida diagnostika va davolash xizmatlari koʻrsatiladi. Bu yerda 30 ta ish oʻrni yaratilgan.
Saminjon HUSANOV, “Xalq soʻzi”.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Nodavlat sud-eksperti sifatida faoliyat yuritish yanada soddalashtiriladi
- “Istanbul Bashakshehir” mehmondan gʻalaba bilan qaytdi
- “E-ekspertiza” platformasi orqali elektron hujjatlar almashinuvini yoʻlga qoʻyish tartibi tasdiqlandi
- Ukrainaning uch viloyatida portlashlar qayd etildi. Qurbonlar bor
- Bu yil Oʻzbekiston Proligasida 14 ta jamoa ishtirok etadi
- Masharipov va Ashurmatov toʻp surayotgan jamoa bosh murabbiyi isteʼfoga chiqarildi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring