Paxtachida klasterchilar mineral boyitilgan un ishlab chiqarishmoqchi
“Mirzayev Shuhrat Kenjayevich” gʻallachilik klasteri bankdan 1 million 340 ming dollarlik kredit olib Turkiyaning “Emash Makina Sanay” co.LTD kompaniyasidan zamonaviy tegirmonlar keltirildi. Ushbu tegirmonlar turkiyalik mutaxassislar boshchiligida 60 kunda yigʻib foydalanishga topshirilishi rejalashtirilgan.
Hozirgi kunda tarozi va klasterning ofisi qurib bitkazilgan.
Shijoatli fermer va tadbirkor Shavkat Mirzayev rahbarligidagi mazkur klasterning tegirmoni ishga tushsa 53 nafar fuqaro ish bilan taʼminlanadi. Ular bir kunda 120 tonna mineral boyitilgan un ishlab chiqarishadi.
Bundan tashqari, tadbirkor qandolatchilik sexi va 1 gektar maydonda qulupnay yetishtirishga ixtisoslashtirilgan issiqxona qurish ishlarini ham boshlab yuborgan.
Ushbu issiqxona yil oxirigacha ishga tushib, yana 10 nafar yoshlar ish bilan taʼminlanadi.
Abdulaziz Yoʻldoshev
(Xalq soʻzi)
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Nega biz haligacha oʻzga sayyoraliklar bilan uchrashmaganmiz?
- Aholi va qishloq xoʻjaligini onlayn roʻyxatga olish boshlanishiga 3 kun qoldi
- Prezident prokuratura organlari xodimlari va faxriylariga tabrik yoʻlladi
- “Katta sakrash” yoxud Oʻzbekiston sunʼiy intellekt va raqamli texnologiyalar rivojida yangi bosqichga qadam qoʻydi
- Oʻzbekistonda 2025-yilda 150 tonnadan ortiq sifatli qon tayyorlangan
- 16-yanvar kuni baʼzi joylarda qor yogʻadi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring