“Oʻzbekneftgaz”: Fargʻonalik tadbirkorning mahsuloti Muborak gazni qayta ishlash zavodida sinovdan oʻtkazilmoqda

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 24-avgustdagi “Davlat va xoʻjalik boshqaruvi hamda mahalliy ijroiya hokimiyati organlarining ishlab chiqarishni mahalliylashtirish va sanoat tarmoqlarida kooperatsiya aloqalarini jadallashtirishning yangi tizimini joriy etish boʻyicha masʼuliyatini yana-da oshirish toʻgʻrisida”gi qarori ijrosini taʼminlash maqsadida import qilinayotgan mahsulotlar hajmini qisqartirish hisobiga valyuta mablagʻlarini tejash rejalashtirilgan.
Ushbu ishlarni amalga oshirish uchun “Oʻzbekneftgaz” AJ Boshqaruv raisi tomonidan import oʻrnini bosuvchi mahsulotlar ishlab chiqaruvchi mahalliy korxonalar bilan mustahkam aloqalar oʻrnatish boʻyicha hujjat imzolandi.
Shunga asosan, joriy yilning aprel-may oylarida Muborak gazni qayta ishlash zavodida tabiiy gazni oltingugurt birikmalaridan tozalash qurilmalarida “SHTURVAL” MCHJ (Fargʻona viloyati) tomonidan ishlab chiqarilayotgan aktivlashgan koʻmir mahsuloti sinovdan oʻtkaziladi. Bu haqda AJ matbuot xizmati xabar berdi.
Sinov ishlari ijobiy natijani koʻrsatsa, fargʻonalik tadbirkor tomonidan taklif etilayotgan aktivlashgan koʻmir kimyoviy reagentini ishlab chiqarish jarayonida tatbiq etiladi.
Buning natijasida yillik 100-120 tonna miqdoridagi aktivlashgan koʻmirni chetdan olib kelish qisqaradi. Shuningdek, valyutani tejab qolishga va mahalliy kimyoviy reagent mahsulotlar ishlab chiqaruvchi korxonalarni qoʻllab-quvvatlashga erishiladi.
Maʼlumot uchun: aktivlashgan koʻmirning asosiy vazifasi gazni qayta ishlash jarayonida Metildietanolamin kimyoviy reagentini tarkibidagi mexanik birikmalarni tozalashdan iboratdir.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Saudiya Arabistonida “Oʻzbekiston madaniyati kunlari” davom etmoqda
- Toshkentda “Oʻzbekkosmos” va “NASA” agentliklari hamkorligida “NASA Space Apps Challenge 2025” Hakaton tadbiri oʻtkazilmoqda
- Super oy: Bugun Yerning tabiiy yoʻldoshi odatdagidan ancha katta koʻrinmoqda
- Tuman va shahar hokimi oʻrinbosarlari soni qisqartiriladi
- Oʻzbekiston terma jamoasi Quvayt bilan 2 ta oʻrtoqlik oʻyini oʻtkazadi
- JSST: Gʻazoda birorta shifoxona toʻliq ishlamayapti
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring