Oʻzbekistonning turizm salohiyati Bokuda butun dunyoga namoyish etilmoqda
Foto: Халқ сўзи
2023-yilning 4-6-aprel kunlari Ozarbayjonning poytaxti Boku shahrida AITF-2023 19-xalqaro turizm va sayohat koʻrgazmasi boʻlib oʻtmoqda. Oʻzbekiston Respublikasi Ozarbayjon xalqaro turizm yarmarkasida ilk bor “Hamkor davlat” sifatida ishtirok etmoqda. Oʻzbekiston delegatsiyasining ishtiroki Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat va turizm vazirligi hamda “Milliy PR-markazi” DUK, shuningdek, Oʻzbekistonning Ozarbayjon Respublikasidagi Elchixonasi hamkorligida, “Uzbekistan Airways” AJ koʻmagida tashkil etilmoqda.
Sayyohlik koʻrgazmasining ochilishida Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati nomidan Oʻzbekiston Respublikasining Ozarbayjon Respublikasidagi Favqulodda va Muxtor Elchisi Baxrom Ashrafxonov hamda “Milliy PR-markazi”DUK direktori Dilfuza Samandarova soʻzga chiqdi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tashabbusi bilan Ozarbayjon Respublikasi va Oʻzbekiston oʻrtasida turizm xizmatlari eksportini koʻpaytirish va ozarbayjonlik sayyohlarni koʻproq jalb qilish maqsadida Xorazm viloyati biriktirilgan edi.
Unga koʻra, koʻrgazma doirasida Xorazm viloyatidan katta delegatsiya ishtirok etmoqda, uning tarkibi 7 ta sayyohlik kompaniyasi, “Ichan qalʼa” majmuasi rahbariyati, madaniyat va sanʼat namoyandalari, musiqachilar hamda hunarmandlardan iborat.
AITF-2023 xalqaro koʻrgazmasi doirasida davlat sayyohlik tashkilotlari, marketing kompaniyalari, shuningdek, Oʻzbekiston delegatsiyasi vakillarining Ozarbayjon turoperatorlari bilan maydonchalarni faol sotish boʻyicha ishbilarmonlik uchrashuvlari hamda joriy yilning noyabr oyida Toshkent shahrida boʻlib oʻtadigan TXTY-2023 Toshkent xalqaro turizm yarmarkasida ishtirok etish shartlari bilan tanishish rejalashtirilgan.
AITF-2023 koʻrgazmasi doirasida Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati nomidan kechki ziyofat ham rejalashtirilgan boʻlib, unda mamlakatimizning turizm salohiyati taqdimoti, Xorazm milliy ansambli sanʼatkorlari chiqishlari bilan madaniy dastur, xalq amaliy sanʼati va milliy taomlar namoyishi ham oʻrin olgan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekistonda inson aʼzolarini 3D bioprinterda chop etish imkoniyati yaratilmoqda
- Nodavlat sud-eksperti sifatida faoliyat yuritish yanada soddalashtiriladi
- “Istanbul Bashakshehir” mehmondan gʻalaba bilan qaytdi
- “E-ekspertiza” platformasi orqali elektron hujjatlar almashinuvini yoʻlga qoʻyish tartibi tasdiqlandi
- Ukrainaning uch viloyatida portlashlar qayd etildi. Qurbonlar bor
- Kotrina Kulbite — Litvaning “Eng yaxshi ayol murabbiyi”
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring