Oʻzbekistonning Lixtenshteyndagi birinchi elchisi tayinlandi
Oʻzbekistonning Lixtenshteyn knyazligidagi birinchi elchisi etib tayinlangan Dilshod Axatov mamlakat valiahd shahzodasi Aloizga ishonch yorliqlarini topshirdi. Bu haqda “Dunyo” axborot agentligi maʼlum qildi.
Uchrashuv davomida Lixtenshteyn va Oʻzbekiston oʻrtasida 2024-yil mart oyida oʻrnatilgan diplomatik aloqalar hamkorlikni tizimli ravishda davom ettirishga muhim poydevor boʻlgani, Vadusning Toshkent bilan munosabatlarni kengaytirish va mustahkamlash tarafdori ekani taʼkidlandi.
Shuningdek, Oʻzbekiston delegatsiyasi Lixtenshteyn Bosh vaziri oʻrinbosari – tashqi ishlar, atrof-muhit va madaniyat vaziri Sabine Monauni bilan uchrashuv oʻtkazdi. Suhbat chogʻida ikki mamlakatning BMT hamda boshqa xalqaro tashkilotlar doirasidagi konstruktiv muloqoti yuksak baholandi.
Uchrashuv yakunida shahzoda Aloiz Oʻzbekiston Prezidentiga ezgu-tilaklari va samimiy salomlarini yoʻlladi hamda mamlakatimiz xalqiga tinchlik va farovonlik tiladi.
Maʼlumot uchun, Dilshod Axatov 2023-yilning oktyabr oyida Oʻzbekistonning GFRdagi elchisi sifatida Germaniya Federal prezidenti Frank-Valter Shtaynmayerga ishonch yorliqlarini topshirgan edi. Bugungi kunga qadar Dilshod Axatov Oʻzbekistonning Shveysariya va Chexiyadagi oʻrindoshlik asosida elchisi ham hisoblanadi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- AQSH Adliya vazirligi Epshteyn ishi boʻyicha 3 millionta faylni eʼlon qildi
- Tramp Kubadan kelayotgan tahdid sabab AQSHda favqulodda holat eʼlon qildi
- Oʻzlikni anglash sari muhim qadam: “Milliy qadriyatlar atlasi” kitob-albomi taqdimot qilindi (+video)
- Buyuk shoirning Samarqanddagi tabarruk izlari
- Urush, jasorat va sport: hafta davomida dunyo eʼtiborini tortgan 10 ta surat
- “Humans” Oʻzbekistondan yuzlab million dollar zararni qoplashni talab qilmoqda
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring