Oʻzbekistonning ayrim hududlarida 28-mart kuni yomgʻir yogʻadi, havo harorati 30 darajaga koʻtariladi
Foto: Arxiv surat
“Oʻzgidromet” 28-mart, seshanba kuni uchun ob-havo prognozini eʼlon qildi.
Toshkent shahrida havo biroz bulutli boʻladi, vaqti-vaqti bilan oʻzgarib turadi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 3-8 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 9-11°, kunduzi 24-26° boʻladi.
Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Xorazm viloyatida havo biroz bulutli boʻladi, baʼzi joylarda oʻzgarib turadi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, baʼzi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang toʻzon bilan kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi 7-12°, kunduzi 24-29° boʻladi.
Buxoro, Navoiy viloyatlarida havo oʻzgarib turadi, baʼzi joylarda biroz yomgʻir yogʻishi, momaqaldiroq boʻlishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, baʼzi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang toʻzon bilan kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi 9-14°, kunduzi 22-27° boʻladi.
Toshkent, Samarqand, Sirdaryo, Jizzax viloyatlarida havo biroz bulutli boʻladi, baʼzi joylarda oʻzgarib turadi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 7-12°, kunduzi 22-27° boʻladi.
Qashqadaryo, Surxondaryo viloyatlarida havo biroz bulutli boʻladi, baʼzi joylarda oʻzgarib turadi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 10-15°, kunduzi 25-30° boʻladi.
Andijon, Namangan, Fargʻona viloyatlarida havo biroz bulutli boʻladi, baʼzi joylarda oʻzgarib turadi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 5-10 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 7-12°, kunduzi 22-27° boʻladi.
Respublikaning togʻli hududlarida havo oʻzgarib turadi, baʼzi joylarda biroz yomgʻir yogʻadi, momaqaldiroq boʻlishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, baʼzi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 2-7° iliq, kunduzi 13-18°iliq boʻladi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Abduqodir Husanov yana bir bor “Real Madrid”ga qarshi oʻynaydi
- Bolalar saratoniga qarshi kurash: xalqaro hamkorlikdagi muhim qadam
- Oʻzbekistonning 7 ta moddiy va nomoddiy madaniy meros obyektlari AYSESKO roʻyxatiga kiritildi
- Superliganing 2026-yilgi mavsumi boshlanmoqda
- Har burchagida tarix yashiringan shahar — Londondan fotoreportaj
- Dzyudo boʻyicha Toshkent “Katta dubulgʻa” musobaqasi boshlandi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring