“Oʻzbekistonni bosib olishga hech kimning haqqi yoʻq” — Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Inomjon Qudratov
Bugun ijtimoiy tarmoqlarda rossiyalik yozuvchi, siyosiy va harbiy arbob Zaxar Prilepin ilgari SSSRga tegishli boʻlgan barcha hududlarni tiklash tashabbusi bilan chiqqani haqida xabarlar tarqalgan edi. U misol sifatida Oʻzbekistonning ikki million fuqarosi Rossiyada yashayotgani uchun Rossiya bu hududga daʼvo qila olishini aytgandi.
Prilepin migrantlar muammosini hal qilish uchun rus ayollari koʻproq bola tugʻishi kerakligini taʼkidlagan: “Ruslar qancha koʻp boʻlsa, koʻp sonli migrantlar bizning yurtda oʻzini notoʻgʻri tutishi bilan bogʻliq muammolar kamroq boʻladi”. U bu muammoni “gasterbayterlar kelayotgan mamlakatlarni qoʻshib olish” orqali hal etish mumkinligini aytib oʻtgan.
“Migrantlarni Rossiyada emas, balki ular kelgan davlatlarda, masalan, Oʻzbekistonda oʻqitish kerak”, – degan u.
“Kiyevdagi paraddan keyin Yevroosiyo hududida nimadir qilishimizni kim taqiqlaydi? Hech kim”, – deya Prilepinning soʻzlarini keltirgan “Ostorojno, novosti”.
Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Inomjon Qudratov rossiyalik amaldorga javob qaytardi.
“Janob Prilepin shuni yaxshilab oʻqib oling! Oʻzbekiston mustaqil, suveren davlat. Uni bosib olishga, unda oʻz hukmini oʻtkazishga, xorijiy til oʻrgatishga hech kimning haqqi yoʻq va bunday surbetlik bilan eʼlon qilingan fikrlar na xalqaro huquqqa, na sogʻlom aqlga toʻgʻri kelmaydi. Aksincha, urushni targʻib qilish – bu жиноятдир.Бизнинг ulugʻ xalqimiz muqaddas huquqimiz – mustaqilligimizni hech kimga, hech qachon berib qoʻymaydi! Mustaqilligimizni, suverenitetimizni, davlat chegaralarimiz daxlsizligini himoya qilishga kuch-qudratimiz ham, jurʼatimiz ham yetarli”, – deydi deputat Inomjon Qudratov.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “E-ekspertiza” platformasi orqali elektron hujjatlar almashinuvini yoʻlga qoʻyish tartibi tasdiqlandi
- Nodavlat sud-eksperti sifatida faoliyat yuritish yanada soddalashtiriladi
- “Istanbul Bashakshehir” mehmondan gʻalaba bilan qaytdi
- Ukrainaning uch viloyatida portlashlar qayd etildi. Qurbonlar bor
- Bu yil Oʻzbekiston Proligasida 14 ta jamoa ishtirok etadi
- Yanvar oyida yuz nafardan ortiq amerikalik oʻqish uchun Oʻzbekistonga keldi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring