Oʻzbekistonliklar Belgiyaga ishga taklif qilinmoqda

13:47 28 Avgust 2024 Jamiyat
241 0

Oʻzbekiston fuqarolari Belgiyaga avtoslesar va avtotexniklar ishga taklif etilmoqda. Bu haqda Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi axborot xizmati xabar berdi.

Maʼlum qilinishicha, fuqarolar quyidagi sohalar boʻyicha ishga chaqirilmoqda:

  • Yuk avtomobili va boshqa texnikalarga xizmat koʻrsatuvchi mutaxassis (avtoslesar);
  • Qurilish, qishloq xoʻjaligi va yuk koʻtarish texnikalari boʻyicha texnik.

Oylik ish haqi 2100 yevro. Nomzodlar uchun quyidagi talablar mavjud:

  • ingliz tilini muloqot darajasida bilish;
  • yuk avtomobili mexanigi va elektrigi sohasida texnik maʼlumot;
  • yuk avtomobili pnevmatikasi, gidravlikasi, elektronikasi va elektrigi sohalarini bilish;
  • yuk avtomobili tormoz tizimi va dvigatel boshqaruvini bilish;
  • yuk avtomobili diagnostikasi va nazorat uskunalari bilan ishlash tajribasi;
  • yuk avtomobilini boshqarish guvohnomasiga ustunlik beriladi;
  • 25-40 yoshdagi erkaklar;
  • sudlanmagan.

Ish beruvchi hisobidan:

  • ishlash uchun ruxsatnoma;
  • ishchi vizasi;
  • ishga joylashish uchun roʻyxatga olish xarajatlari.

Fuqaro hisobidan agentlik xizmati, oʻqitish va koʻniktirish, aviachipta xarajatlari.

Roʻyxatdan oʻtish (29-avgust soat 14:00 ga qadar)

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?