Oʻzbekistonliklar 9 oyda kompyuter va maishiy tovarlarni taʼmirlash uchun 10,5 trillion soʻm sarflagan
2025-yil yanvar–sentyabr oylarida kompyuterlar va maishiy tovarlarni taʼmirlash boʻyicha xizmatlar hajmi 10,5 trillion soʻmni tashkil etdi, deb xabar bermoqda Milliy statistika qoʻmitasi.
Hududlar kesimida kompyuterlar va maishiy tovarlarni taʼmirlash boʻyicha xizmatlar hajmi quyidagi taqsimlangan:
- Toshkent shahri – 1,2 trillion soʻm;
- Samarqand viloyati – 1,3 trillion soʻm;
- Fargʻona viloyati – 1,1 trillion soʻm;
- Toshkent viloyati – 1,1 trillion soʻm;
- Qashqadaryo viloyati – 977,6 milliard soʻm;
- Namangan viloyati – 846,9 milliard soʻm;
- Andijon viloyati – 731,9 milliard soʻm;
- Xorazm viloyati – 726,9 milliard soʻm;
- Qoraqalpogʻiston Resp – 609,9 milliard soʻm;
- Buxoro viloyati – 577,8 milliard soʻm;
- Surxondaryo viloyati – 568,7 milliard soʻm;
- Jizzax viloyati – 339,2 milliard soʻm;
- Navoiy viloyati – 255,8 milliard soʻm;
- Sirdaryo viloyati – 184,4 milliard soʻm.
Qoʻmita maʼlumotlariga koʻra, ushbu koʻrsatkich oʻtgan yilning mos davriga nisbatan 12,1 foizga oshgan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Abduqodir Husanov yana bir bor “Real Madrid”ga qarshi oʻynaydi
- Bolalar saratoniga qarshi kurash: xalqaro hamkorlikdagi muhim qadam
- Oʻzbekistonning 7 ta moddiy va nomoddiy madaniy meros obyektlari AYSESKO roʻyxatiga kiritildi
- Superliganing 2026-yilgi mavsumi boshlanmoqda
- Har burchagida tarix yashiringan shahar — Londondan fotoreportaj
- Erkaklar ayollarga nisbatan koʻproq kaloriya isteʼmol qilishi kerakmi?
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring