Oʻzbekistonlik sportchilar uchun qishki Olimpiada yakunlandi
Oʻzbekistonlik sportchilar Italiyada oʻtkazilayotgan Milan-Kortina-2026 qishki Olimpiya oʻyinlaridagini medalsiz yakunladi. Musobaqada atletlarimiz togʻ changʻisi va short-trek yoʻnalishlarida ishtirok etdi.
Togʻ changʻisi yoʻnalishida bahslarga kirishgan Medet Nazarov slalom dasturining ikkinchi startida finishga yetib kela olmadi va shu nuqtada oʻz ishtirokini tugatdi. Shu bilan uning Milan-Kortina-2026 qishki Olimpiya oʻyinlaridagi chiqishi nihoyasiga yetdi.

Toshkent vaqti bilan 19-fevralga oʻtar kechasi soat 00:15 da musobaqaning short-trek yoʻnalishida bahslarga start berildi. Unda Oʻzbekiston sharafini Daniil Yeybog himoya qildi.
Hamyurtimiz 500 metr masofaga kechgan chorak final bahsida 5-boʻlib marraga keldi. Afsuski, bu Yeybogga yarim finalga chiqish uchun kamlik qildi va u shu nuqtada qishki Olimpiada bilan xayrlashdi.

Maʼlumot uchun, Oʻzbekiston Qishki Olimpiya oʻyinlarida hozirga qadar jami bitta medalni qoʻlga kiritgan. 1994-yilda Lina Cheryazova fristayl changʻi sporti boʻyicha oltin medalga sazovor boʻlgan. Bu natija mamlakat sportchilari tomonidan Qishki Olimpiada tarixida qoʻlga kiritilgan yagona medal boʻlib qolmoqda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “E-ekspertiza” platformasi orqali elektron hujjatlar almashinuvini yoʻlga qoʻyish tartibi tasdiqlandi
- Nodavlat sud-eksperti sifatida faoliyat yuritish yanada soddalashtiriladi
- “Istanbul Bashakshehir” mehmondan gʻalaba bilan qaytdi
- Ukrainaning uch viloyatida portlashlar qayd etildi. Qurbonlar bor
- Bu yil Oʻzbekiston Proligasida 14 ta jamoa ishtirok etadi
- Shavkat Mirziyoyev Vashington shahrida Tinchlik kengashining dastlabki yigʻilishida ishtirok etdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring