Oʻzbekistonlik qiz Yevropa olimpiadasida bronza medalni qoʻlga kiritdi
Oʻzbekiston tarixida ilk bor qizlarimiz informatika boʻyicha qizlar oʻrtasida oʻtkaziladigan Yevropa olimpiadasida ishtirok etmoqda. Bu haqda "IT education" assotsiatsiyasi matbuot kotibi xabar berdi.
Maʼlum qilinishicha, 21-iyul kuni toʻrt nafar qizdan iborat Oʻzbekiston terma jamoasi informatika boʻyicha The European Girlsʼ Olympiad in Informatics (EGOI) Yevropa qizlar olimpiadasida ishtirok etish uchun Niderlandiyaning Eyndxoven shahriga joʻnab ketdi.
Olimpiadada 57 davlatdan 200 ga yaqin qizlar ishtirok etadi. Olimpiada qizlar oʻrtasida nafaqat texnik bilimlarni rivojlantiradi, balki jamoada ishlash, tanqidiy fikrlash, ijodkorlik va madaniyatlararo muloqot kabi shaxslararo koʻnikmalarni ragʻbatlantiradi.
Bellashuvda buxorolik maktab oʻquvchisi Zarnigor Raximova 329 ball bilan bronza medalini qoʻlga kiritdi.
Maʼlumot uchun, olimpiadada Oʻzbekiston nomidan 4 nafar qiz ishtirok etmoqda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Alisher Navoiy – ilm va maʼno ehtiyoji manbai
- Investorlar uchun eng jozibador hudud yoxud investitsiya oqimidagi keskin tafovutning sabab va oqibatlari
- Oʻzbekistonda inson aʼzolarini 3D bioprinterda chop etish imkoniyati yaratilmoqda
- Bedilni xalqqa tanitgan xattot
- Ilm-fan sohasida xotin-qizlarga yaratilgan imkoniyatlarga bagʻishlangan anjuman
- Oʻzlikni anglash sari muhim qadam: “Milliy qadriyatlar atlasi” kitob-albomi taqdimot qilindi (+video)
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring