O‘zbekistonlik paralimpiyachilar Osiyo o‘yinlarida yana 7ta medalni qo‘lga kiritdi
Xitoyning Hanjou shahrida bo‘lib o‘tayotgan Osiyo o‘yinlarida Para yengil atletikaning T13 klasida erkaklar o‘rtasida uzunlikka sakrash bahslarida ishtirok etgan hamyurtimiz Doniyor Axmedov 6.88 metr natija bilan oltin medalni qo‘lga kiritdi.
Para dzyudo bo‘yicha ayollar o‘rtasida J2 klassida -70 kg vazn toifasida bahslarda ishtirok etgan hamyurtimiz Munisa Madrimova delegatsiyamiz hisobiga kumush medalni qo‘shib qo‘ydi. Para dzyudo bo‘yicha ayollar o‘rtasida J1 klassida +70 kg vazn toifasida hamyurtimiz Feruza Ergasheva ham kumush medalni qo‘lga kiritdi.
Para pauerlifting bo‘yicha ayollar o‘rtasida -55 kg vazn toifasida bahslarda ishtirok etgan hamyurtimiz Muslima Nuriddinova 107 kg toshni bo‘ysundirgan holda kumush medalga sazovor bo‘ldi.
Para velosportning trek poygalarida ishtirok etgan hamyurtimiz Gʻolibbek Mirzayorov yakunda marraga ikkinchi bo‘lib yetib keldi va kumush medalga sazovor bo‘ldi. Para velosportning trek poygalarida ishtirok etgan hamyurtimiz Azimbek Abdullayev esa delegatsiyamiz hisobiga navbatdagi bronza medalni qo‘shib qo‘ydi.
Shuningdek, para pauerlifting bo‘yicha erkaklar o‘rtasida -72 kg vazn toifasida yurtimiz sharafini himoya qilgan Bekzod Jamilov 204 kg natija bilan bronza medalga sazovor bo‘ldi.
Ayni vaqtda O‘zbekiston terma jamoasi 13ta oltin, 16ta kumush, 16ta bronza medallari bilan umumjamoa hisobida to‘rtinchi o‘rinda bormoqda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- 21-oktyabr – Oʻzbek tili bayrami kuni
- Oʻz xalqini Siz kabi chin dildan sevadigan davlat rahbarini uchratmadim – “ACWA Power” kompaniyasi boshqaruvi raisi Muhammad Abunayyan
- Oʻzbekiston tasviriy sanʼat galereyasida Samarqand maktabining yangi nafasi
- Ish bilan bogʻliq baxtsiz hodisalar va kasbga oid kasalliklar haqidagi maʼlumotlarning yaxlit tizimi yoʻqligi koʻrsatib oʻtildi
- Toshkentda diplomatik vakolatxonalar va xalqaro tashkilotlar oʻrtasida XІX xalqaro mini-futbol turniri tashkil etildi
- Har bir hududda “Kasaba uyushmalari bogʻlari” tashkil etiladi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring