Oʻzbekistonlik 130 yoshli Huvaydo momo “Ginnes rekordlari” kitobiga kiritilishi mumkin

Oʻzbekiston tarixida birinchi marta 130 yoshli momoning tugʻilganlik fakti belgilandi, deb xabar bermoqda “Adliya yangiliklari” Telegram-kanali.
Unda aytilishicha, Adliya vazirligi tashabbusi bilan oʻtkazilgan “Hech bir shaxs hujjatsiz qolmaydi” aksiyasi davomida Buvayda tuman adliya boʻlimi xodimlari tomonidan tumanning “Qoraqum” MFYsida amalga oshirilgan xatlovlarda 1895-yilda tugʻilgan Umarova (Toshmatova) Huvaydo momoning tugʻilishi qayd etilmagani aniqlangan.
Shundan soʻng, Buvayda tuman adliya boʻlimi tomonidan kiritilgan daʼvo ariza qanoatlantirilib, Fuqarolik ishlari boʻyicha Qoʻqon tumanlararo sudining Buvayda tumani “Qoraqum” MFYda oʻtkazgan sayyor sud majlisida Huvaydo momoning 1895-yil 1-yanvarda Buvayda tumanida tugʻilganlik fakti belgilangan.
Maʼlumot uchun, avval Umarova (Toshmatova) Huvaydo momoning 130 yoshda ekanligini isbotlovchi fakt yoʻq edi. Endilikda rasman Umarova Huvaydo momo Oʻzbekistondagi eng yoshi ulugʻ inson hisoblanadi.
Eslatib oʻtamiz, Huvaydo momoni “Ginnes rekordlari” kitobiga kiritish boʻyicha kerakli barcha hujjatlar taqdim etilgani toʻgʻrisida xabar bergan edik.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Prezident Oʻzbekiston oʻqituvchi va murabbiylariga tabrik yoʻlladi
- Saudiya Arabistonida “Oʻzbekiston madaniyati kunlari” davom etmoqda
- Toshkentda “Oʻzbekkosmos” va “NASA” agentliklari hamkorligida “NASA Space Apps Challenge 2025” Hakaton tadbiri oʻtkazilmoqda
- Super oy: Bugun Yerning tabiiy yoʻldoshi odatdagidan ancha katta koʻrinmoqda
- Tuman va shahar hokimi oʻrinbosarlari soni qisqartiriladi
- Oʻzbekiston terma jamoasi Quvayt bilan 2 ta oʻrtoqlik oʻyini oʻtkazadi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring