Oʻzbekiston—Xitoy mintaqaviy forumi

Abdulaziz YOʻLDOSHEV/“Xalq soʻzi”. Samarqand Oʻzbekiston—Xitoy ikkinchi hududlararo forumiga mezbonlik qilyapti. Ushbu anjumanda ikki tomon hukumat aʼzolari, hududlar rahbarlari va tadbirkorlar ishtirok etmoqda.
Forumning ochilish marosimida Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari Jamshid Xoʻjayev, Xitoy Xalq Siyosiy maslahat Kengashining 14-chaqiriq yigʻilishi raisining oʻrinbosari, SHHTning qoʻshnichilik, doʻstlik va hamkorlik boʻyicha Xitoy qoʻmitasi raisi Shen Yueyue xonim, Samarqand viloyati hokimi vazifasini bajaruvchi Adiz Boboyev soʻzga chiqib, Oʻzbekiston va Xitoy oʻrtasidagi savdo-iqtisodiy, madaniy-gumanitar hamkorlik aloqalari rivojlanib borayotganligini taʼkidladi.
Tadbir doirasida Savdo-iqtisodiy hamkorlik, innovatsiyalar va yashil iqtisodiyot boʻyicha biznes-forum oʻtkazilmoqda. Panel sessiyalar davomida Taʼlim va texnologiyalar sohasida innovatsion hamkorlik forumi, Zamonaviy qishloq xoʻjalik forumi va Ayollarning innovatsiyalar va tadbirkorlik sohasidagi hamkorlik forumi ham boʻlib oʻtyapti.
Bundan tashqari, ikki mamlakat milliy mahsulotlari koʻrgazmasi tashkil etilgan. Bugungi forumda qator istiqbolli hamkorlik bitimlari imzolanishi kutilmoqda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Ish haqi, pensiya, nafaqa va stipendiyalar miqdori 10 foizga oshiriladi
- Eron va Isroil oʻrtasidagi ziddiyatlar xronologiyasi yoxud bugungi “urush”ning ildizi qayerda?
- Olimlar Alsgeymer kasalligidan himoya qiluvchi parhez haqida maʼlumot berishdi
- Dollar kursi oshishda davom etmoqda
- Parkentda yiliga 20 ming sayyohni qabul qiladigan turistik majmua ochilmoqda
- Oʻzgarishlarni soʻz bilan uygʻotgan jurnalist
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring