Oʻzbekistonga tegishli ilk Airbus A320neo ilk parvozini qayerga amalga oshirishi maʼlum boʻldi

Foto: Hasan Paydoyev, "Xalq so'zi"
“Oʻzbekiston havo yoʻllari” MAK yaqinda qabul qilib olingan Wi-Fiʼli ilk Airbus A320neo samolyotidan foydalanishni boshladi.
Kompaniya xabariga koʻra, ushbu layner bugun poytaxt aeroportidan mahalliy vaqt bilan soat 13:40da Toshkent-Baku-Toshkent yoʻnalishi boʻyicha birinchi reysini boshlagan.
Uning dastlabki yoʻlovchilari laynerning afzalliklari, salonda yaratilgan qulayliklar- zamonaviy dizayn, madaniy hordiq chiqarish uchun individual ekranli keng va qulay oʻrindiqlar, aloqa tizimlari va Wi-Fiʼdan foydalanish imkoniyatlariga ga oʻzlari munosib baho berishlari mumkin.
Eslatib oʻtamiz, onlayn nashrimizda yaqinda MAK Fransiyaning Airbus kompaniyasi tomonidan ishlab chiqarilgan ushbu rusumdagi birinchi samolyotni qabul qilib olgani haqida xabar bergandik.
U 150 yoʻlovchi (biznes klassda – 12 , ekonom klassda – 138 nafar)ni tashishga moʻljallangan. Oldingi muqobillariga nisbatan yoqilgʻini 20 foiz koʻproq tejaydi.
Parvoz masofasi 4,5 mingdan 5 ming kilometrgacha uzaytirilgan. Bu “Oʻzbekiston havo yoʻllari” aviakompaniyasiga butun Markaziy Yevropa boʻylab qatnovlarni amalga oshirish imkonini beradi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Eron va Isroil oʻrtasidagi ziddiyatlar xronologiyasi yoxud bugungi “urush”ning ildizi qayerda?
- Parkentda yiliga 20 ming sayyohni qabul qiladigan turistik majmua ochilmoqda
- “100 milliondan ortiq gullar, modalar haftaligi hamda turfa taomlar taqdimoti”: Namanganda oʻtkazilayotgan 64-Xalqaro gullar festivalidan video va fotoreportaj
- Oʻzbekiston tarixida ilk bor mundial yoʻllanmasini qoʻlga kiritgan milliy terma jamoamiz Toshkentga qaytib keldi — Fotoreportaj
- Oʻzbekiston Tashqi ishlar vazirligi Isroil–Eron mojarosi yuzasidan bayonot berdi
- “Air India” fojiasidagi tirik qolgan yagona yoʻlovchi hikoyasi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring