Oʻzbekistonga kelayotgan fransuzlar soni 20,8 foizga oshdi
Oʻzbekistonga kelayotgan xorijiy turistlar soni ortib borayotgani kuzatilmoqda. Milliy statistika qoʻmitasi maʼlumotlariga koʻra, 2025-yilning yanvar-aprel oylarida Fransiyadan jami 6,8 ming nafar turist mamlakatimizga tashrif buyurgan.
Qayd etish kerakki, bu koʻrsatkich oʻtgan yilning shu davriga nisbatan 1,2 ming nafarga yoki 20,8 foizga koʻpaygan.
Maʼlum qilinishicha, tashrif buyurgan fransiyaliklarning asosiy qismi sayyohlik maqsadida kelgan. Joriy yilning dastlabki toʻrt oyi davomida Fransiyadan Oʻzbekistonga tashrif buyurgan fuqarolarning 6 ming 89 nafari turizm maqsadida kelishgan.
Shuningdek, 380 nafar fransiyalik qarindoshlarini yoʻqlash uchun, 333 nafar kishi esa xizmat safari maqsadida kelgani qayd etilgan.
Bundan tashqari, Fransiyadan 33 nafar fuqaro Oʻzbekistonga oʻqish maqsadida tashrif buyurgan boʻlsa, 10 nafar kishi tijorat maqsadida kelgan.
Mazkur statistika koʻrsatmoqdaki, Fransiyadan kelayotgan sayyohlar soni yil sayin ortib, mamlakatimizning turizm salohiyatini yanada kengaytirishga xizmat qilmoqda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekiston Respublikasining xorijdagi diplomatlaridan iborat delegatsiya aʼzolari Islom sivilizatsiyasi markaziga tashrif buyurdi (+fotoreportaj)
- 16-yanvar kuni baʼzi joylarda qor yogʻadi
- Koʻrfaz arab davlatlari bozoriga bojsiz kirish imkoni yaratiladi
- Dunyo boʻylab qon va koʻzyosh bilan oʻtgan bir hafta — 20 ta suratda
- “Analog turmush tarzi”. Insonlarda sunʼiy intellektga qarshi kayfiyat kuchaymoqda
- Oʻzbekiston dunyodagi sayyohlar oqimi eng tez oʻsayotgan yetti mamlakatdan biri — BMT hisoboti
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring