Oʻzbekistondagi islohotlar xalqaro ekspertlar nigohida
Atlantika Kengashi (Atlantic Council) tashabbusi bilan Oʻzbekistonda amalga oshirilayotgan islohotlarga bagʻishlangan videokonferensiya shaklida muloqot tashkil etildi.
Tadbirda Atlantika Kengashining Yevroosiyo markazi direktori Jon Xyorbst, “Amerika Ovozi”ning oʻzbek xizmati boshlovchisi Navbahor Imomova, Pisburg universitetidagi Boshqaruv va bozorlar markazi asoschisi Doktor Jennifer Brik Murtazashvili, Jahon bankining Oʻzbekistondagi vakolatxonasi katta iqtisodchisi Vinayak Nagaraj hamda “Taraqqiyot strategiyasi” markazi ijrochi direktori Eldor Tulyakovlar ishtirok etdi.
1961-yilda tashkil etilgan Atlantika Kengashi bugungi kunda nufuzli tashkilot boʻlib, global muammolarni hal etish, xususan, siyosiy, iqtisodiy va xavfsizlik masalalarini oʻrganish boʻyicha muhim mavzularda muhokamalar va oʻrganishlar tashkil etib, toʻplangan maʼlumot va tahlillarni oʻz nashrlarida chop etib keladi.
Shu boisdan, navbatdagi Oʻzbekistonda amalga oshirilgan va oshiriladigan islohotlarga bagʻishlangan tadbir ham qizgʻin munozaralar va fikrlarga boy boʻldi. Unda moderatorlik qilayotgan elchi Xyorbst tomonidan “Taraqqiyot strategiyasi” markazi ijrochi direktori Eldor Tulyakovga bir qator savollar bilan murojaat qildi.
Jumladan, dastlabki berilgan savol Oʻzbekistonning ichki siyosatida qoʻlga kiritilgan asosiy yutuqlarga qaratildi. Ushbu savolga javoban Eldor Tulyakov Harakatlar strategiyasi doirasida amalga oshirilgan islohotlar deyarli barcha sohani qamrab olganligi, ushbu oʻzgarishlarning koʻpchiligidan tadbir ishtirokchilari ham xabardor ekanligini taʼkidladi.
Shuningdek, xalq bilan muloqot qilish, majburiy mehnat va bolalar mehnatini bartaraf etish borasida qilingan ishlar, fuqarolarga koʻrsatilayotgan davlat xizmatlari sifatini oshirish maqsadida tashkil etilgan Davlat xizmatlari agentligi faoliyati, valyuta bozorining liberallashtirilishi, propiska tizimini bekor qilinishi va fuqarolikni berish tartibi isloh qilingani va tashqi siyosatda salmoqli yutuqlarga erishilganligi alohida taʼkidlab oʻtildi.
Muloqot davomida ekspertlar Oʻzbekiston oldida turgan ustuvor vazifa va maqsadlar bilan ham qiziqishdi va shundan kelib chiqib ichki siyosatda kelajakda amalga oshiriladigan ishlarga oid savol bilan yuzlanishdi.
Unga javoban Markaz rahbari, avvalo, deyarli barcha sohada boshlangan islohotlar davom ettirilishi, xususan, yaqinda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti saylovida munosabati bilan boʻlib oʻtgan saylovoldi uchrashuvlarida fuqarolar tomonidan bildirilgan asosli fikr va takliflar inobatga olinishi, shuningdek, yaqinda chop etilgan “Yangi Oʻzbekiston strategiyasi” nomli kitobda belgilab berilgan vazifalar izchillik bilan hayotga tatbiq etilishini taʼkidladi.
“Xalq soʻzi”.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “E-ekspertiza” platformasi orqali elektron hujjatlar almashinuvini yoʻlga qoʻyish tartibi tasdiqlandi
- Nodavlat sud-eksperti sifatida faoliyat yuritish yanada soddalashtiriladi
- “Istanbul Bashakshehir” mehmondan gʻalaba bilan qaytdi
- Ukrainaning uch viloyatida portlashlar qayd etildi. Qurbonlar bor
- Bu yil Oʻzbekiston Proligasida 14 ta jamoa ishtirok etadi
- Shavkat Mirziyoyev Vashington shahrida Tinchlik kengashining dastlabki yigʻilishida ishtirok etdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring