Oʻzbekistondagi etnoqishloqqa sayohat tashkil etildi(fotoreportaj)
Oʻzbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi tashabbusi bilan Navoiy viloyatida tadbirkorlik subyektlari hamda OAV vakillari uchun infotur tashkil etildi.
Infotur ishtirokchilari viloyatning diqqatga sazovor joylari hamda turistik obyektlarga tashrif buyurishdi. Xususan, Nurota tumanidagi Sintob etnoqishlogʻida boʻlishdi. Oʻziga xos tabiati va baland togʻ tizmalari bilan mashhur boʻlgan ushbu qadimiy maskan qariyb uch ming yillik tarixga ega. Ayni vaqtda bu yerda 545 oila istiqomat qiladi. Etnoqishloqqa tashrif buyuruvchi mehmonlar soni kundan kun ortib bormoqda. Bu esa oʻz navbatida ushbu hududda zamon talablariga mos mehmonxona va mehmon uylarini qurishni talab etmoqda.

Infotur davomida OAV vakillariga tabiatning asl jozibadorligini oʻzida mujassam etgan Sintob qishlogʻi 2020-yilda turizm qishlogʻiga aylantirilishi haqida ham tegishli maʼlumotlar berib oʻtildi. Bugungi kunda qishloqda yoʻl infratuzilmasi yaratilmoqda. Shuningdek, hududning oʻrganilmagan qadamjolari va tarixini tiklash uchun ilmiy turizmni rivojlantirish rejalashtirilgan. Ishtirokchilar togʻlardagi qoyatoshlardan topilgan arab yozuvi va petrogliflarini tomosha qilishdi.

Keyingi manzil “Qizilqum safari” boʻlib, jurnalistlar sayyohlik firmasiga tegishli oʻtovli lagerlarga joylashishdi. Tadbirkorga ajratilgan uch gektar maydonda 22 dona oʻtov oʻrnatilgan boʻlib, ularning har biri zamonaviy konditsionerlar bilan jihozlangan. Oʻtovlar toʻrt kishiga moʻljallangan. Shuni alohida taʼkidlab oʻtish lozimki, bu yerdagi oʻtovlarni bezashda tadbirkor milliylikka alohida urgʻu qaratgan boʻlib, unda shuningdek, 100 kishi sigʻadigan yozgi ayvon, sovuq va yomgʻirli kunlar uchun alohida qishki joy tayyorlangan.




















(“Xalq soʻzi”).
P/s: Suratlar Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi matbuot xizmati tomonidan taqdim etildi
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- 21-oktyabr – Oʻzbek tili bayrami kuni
- Roʻziqul Berdiyevning matbuot anjumanidagi fikrlari yuzasidan surishtiruv oʻtkaziladi
- Oʻzbekistonda Kasbiy taʼlim agentligi tashkil etiladi
- Tramp Koreya yarimorolidagi mojaroga yakun yasashga vaʼda berdi
- Oʻzbekistonning yangi trayektoriyasi: Asosiy xorijiy transferlar xaritasi
- AQSH Rossiyaga bosim oʻtkazishning muqobil usullarini oʻrganmoqda
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring