Oʻzbekistondagi barcha xalqaro aeroportlar hududida aerospotting uchun ixtisoslashtirilgan joylar paydo boʻladi

12:41 27 Yanvar 2022 Jamiyat
1125 0

Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri Abdulla Aripov tomonidan imzolangan hujjatga koʻra, 2022-yil 1-mayga qadar Oʻzbekistondagi barcha xalqaro aeroportlar hududida aerospotting uchun ixtisoslashtirilgan joylar paydo boʻladi.

Shuningdek, 1-mayga qadar xalqaro aeroportlarga tutash hududlarda havo kemalarini suratga olishni xohlovchilar uchun tomosha maydonchalari quriladi. 2022-yil 1-maydan boshlab har uch oyda bir marta havaskor va professional aerospotting tanlovlari, shuningdek, xorijiy fotograflar ishtirokidagi yillik tanlovlar oʻtkaziladi.

“Uzbekistan Airports” kompaniyasiga Mudofaa vazirligi va Toshkent shahar hokimligi bilan birgalikda Oʻzbekiston Milliy aviatsiya muzeyini tashkil etish masalasini ishlab chiqish topshirildi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер