Oʻzbekistonda yangi qoʻshma loyiha rasman ish boshladi
Adliya vazirligida Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki (YETTB) hamda Huquqni rivojlantirish xalqaro tashkiloti (IDLO) bilan hamkorlikda ishlab chiqilgan “Oʻzbekistonda tijorat mediatsiyasini yoʻlga qoʻyish: COVID-19ga nisbatan chora” qoʻshma loyihasini ishga tushirishga bagʻishlangan tadbir tashkil qilindi.
Maʼlumot uchun: loyiha maqsadi tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish munosabati bilan kelib chiqadigan nizolarda ishtirok etish uchun professional mediatorlarni tayyorlash, mediatsiya sohasida vakolatli organlar salohiyatini oshirishdir. Loyiha joriy yilning 16-fevral kuni Adliya vazirligi bilan IDLO oʻrtasida imzolangan hamkorlik toʻgʻrisida anglashuv memorandumi doirasida amalga oshirilmoqda.
Tadbir gibrid shaklda tashkil qilinib, unda IDLO, YETTB, Toshkent davlat yuridik universiteti, Yuristlar malakasini oshirish markazi, Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti, Toshkent mediatsiya markazi, Notarial palata, milliy va xorijiy ekspertlar hamda professional mediatorlar ishtirokida Oʻzbekistonda tijorat mediatsiyasining istiqbollari muhokama qilinadi.
Loyiha doirasida bir qator tadbirlar, xususan tijorat mediatsiyasini rivojlantirish uchun uzoq muddatli strategiyani, mediatorlar faoliyatida foydalanishi mumkin boʻlgan hujjatlarni (mediatsiya jarayoni bayonnomalari, mediatorlar axloq qoidalari, mediatorlarni oʻqitish qoʻllanmalari), maxsus veb-sahifani, tijorat mediatorlik trenerlarini tayyorlash uchun oʻquv modulini, elektron oʻquv kurslarini, tijorat mediatsiyasi boʻyicha jamoatchilikni xabardor qilish rejasini ishlab chiqish va boshqalar rejalashtirilgan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “E-ekspertiza” platformasi orqali elektron hujjatlar almashinuvini yoʻlga qoʻyish tartibi tasdiqlandi
- Nodavlat sud-eksperti sifatida faoliyat yuritish yanada soddalashtiriladi
- “Istanbul Bashakshehir” mehmondan gʻalaba bilan qaytdi
- Ukrainaning uch viloyatida portlashlar qayd etildi. Qurbonlar bor
- Bu yil Oʻzbekiston Proligasida 14 ta jamoa ishtirok etadi
- Shavkat Mirziyoyev Vashington shahrida Tinchlik kengashining dastlabki yigʻilishida ishtirok etdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring