Oʻzbekistonda yalpi ichki mahsulot hajmi 121,4 milliard dollarga yetdi
Bugun, 17-noyabr kuni Milliy statistika tizimidagi islohotlarga bagʻishlangan “Milliy statistikada yangi bosqich: shaffoflik va xalqaro standartlar sari” xalqaro konferensiya va matbuot anjumani boʻlib oʻtdi.
Taʼkidlanishicha, yakuniy hisob-kitoblarga koʻra, 2024-yil yakuni bilan respublika yalpi ichki mahsulotining nominal hajmi amaldagi 1 454,6 trillion soʻmdan 1 535,4 trillion soʻmga yoki 5,6 foizga ortgan.
Shuningdek, yalpi ichki mahsulot AQSH dollari hisobida 115,0 milliard dollardan 121,4 milliard dollarga yetgan. Maʼlumot berilishicha, qayta hisoblashdan soʻng, 2024-yilda aholi jon boshiga yalpi ichki mahsulot hajmi 41,3 million soʻmni tashkil etgan.
2024-yil uchun davlat byudjeti ijrosining toʻliq qamrovi taʼminlanishi natijasida 36,4 trillion soʻm yangi qoʻshilgan qiymat aniqlangan. Sanoat sohasi boʻyicha 2024-yil uchun qoʻshilgan qiymat hajmi 12,7 trillion soʻmga oshgan. Shuningdek, qishloq xoʻjaligi sohasida 5,6 trillion soʻm, qurilish sohada 10,3 trillion soʻm va xizmatlar sohasida 16,3 trillion soʻm miqdorida yalpi qoʻshilgan qiymat qoʻshimcha hisoblandi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Nega biz haligacha oʻzga sayyoraliklar bilan uchrashmaganmiz?
- Aholi va qishloq xoʻjaligini onlayn roʻyxatga olish boshlanishiga 3 kun qoldi
- 16-yanvar kuni baʼzi joylarda qor yogʻadi
- Koʻrfaz arab davlatlari bozoriga bojsiz kirish imkoni yaratiladi
- Raqamli Oʻzbekiston uchun kiber-huquqshunoslar: Prezident Farmoni yuridik taʼlimning yangi davrini ochadi
- Oʻzbekiston Respublikasining xorijdagi diplomatlaridan iborat delegatsiya aʼzolari Islom sivilizatsiyasi markaziga tashrif buyurdi (+fotoreportaj)
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring