Oʻzbekistonda umr koʻrish davomiyligi soʻnggi yillarda rekord darajada oʻsdi

22:06 23 May 2025 Jamiyat
822 0

Milliy statistika qoʻmitasi eʼlon qilgan soʻnggi maʼlumotlarga koʻra, Oʻzbekiston Respublikasida 2024-yilda tugʻilishda kutilayotgan umr koʻrish davomiyligi 75,1 yoshni tashkil etdi. Bu koʻrsatkich mamlakatda soʻnggi oʻn yilliklarda sogʻliqni saqlash, turmush tarzi va ijtimoiy sharoitlarning yaxshilanganini tasdiqlovchi muhim demografik koʻrsatkich hisoblanadi.

1991-yilda tugʻilishda kutilayotgan umr koʻrish davomiyligi 66,4 yoshni tashkil etgan boʻlsa, 1995-yilga kelib bu koʻrsatkich 69,1 yoshga yetdi. Keyingi besh yillikda, yaʼni 2000-yilda umr koʻrish davomiyligi 70,8 yoshni, 2005-yilda esa 71,8 yoshni tashkil qildi. Bu yillar davomida Oʻzbekistonda tibbiy xizmatlar sifatining oshib borishi, profilaktik tadbirlarning kengayishi va aholining tibbiy madaniyatining oshishi bu oʻsishga xizmat qilgan omillardan biri boʻldi.

2010-yilda umr koʻrish davomiyligi 73 yoshga yetdi va 2015-yilda 73,6 yoshgacha oshdi. Biroq, 2020-yilda bu koʻrsatkich biroz pasayib, 73,4 yoshni tashkil etdi. Bu qisman pandemiya va uning oqibatlari, jumladan, sogʻliqni saqlash tizimiga tushgan yuk va aholi salomatligiga taʼsir etuvchi omillar bilan izohlanadi.

2024-yilda qayd etilgan 75,1 yoshlik koʻrsatkich esa mustaqillikdan buyongi eng yuqori natija sifatida qayd etildi. Bu demografik oʻzgarish Oʻzbekiston aholisi uchun nafaqat umr davomiyligining uzayganini, balki hayot sifati va tibbiy xizmatlarga boʻlgan yetarli qamrovni ham anglatadi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?