Oʻzbekistonda toʻrt oyda 29 mingdan ortiq yangi korxona tashkil etildi
2025-yilning yanvar–aprel oylarida Oʻzbekistonda jami 29 ming 134 ta yangi korxona va tashkilot (fermer va dehqon xoʻjaliklarisiz) tashkil etilgan. Bu oʻtgan yilning shu davriga nisbatan 5,2 foizga koʻp boʻlib, mamlakatda tadbirkorlik va iqtisodiy faollik darajasining ortib borayotganini koʻrsatmoqda.
Yangi tashkil etilgan korxonalar soni boʻyicha Toshkent shahri yetakchilik qilmoqda. Mazkur davr mobaynida poytaxtda 6 ming 363 ta yangi korxona roʻyxatdan oʻtgan. Bu umumiy koʻrsatkichning qariyb beshdan bir qismini tashkil etadi.
Toshkent shahridan keyin ikkinchi oʻrinda Toshkent viloyati turibdi – bu hududda 2 ming 743 ta yangi korxona tashkil etilgan. Uchinchi oʻrinda esa Fargʻona viloyati – bu yerda 2 ming 558 ta yangi subyekt faoliyat boshlagan.
Keyingi oʻrinlarda mos ravishda Xorazm viloyati (2 ming 464 ta), Samarqand viloyati (2 ming 202 ta), Qashqadaryo viloyati (1 ming 858 ta), Buxoro viloyati (1 ming 810 ta) hamda Surxondaryo viloyati (1 ming 720 ta) joylashgan. Bu hududlarda ham tadbirkorlik faolligi yuqoriligicha qolmoqda.
Bundan tashqari, Andijon viloyatida – 1 ming 512 ta, Namangan viloyatida – 1 ming 387 ta, Qoraqalpogʻiston Respublikasida – 1 ming 370 ta, Jizzax viloyatida – 1 ming 303 ta, Navoiy viloyatida – 1 ming 160 ta hamda Sirdaryo viloyatida – 684 ta yangi tashkilotlar roʻyxatdan oʻtgan.
Ushbu statistik koʻrsatkichlar soʻnggi yillarda mamlakatda kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash, qulay ishbilarmonlik muhiti yaratish yoʻlida olib borilayotgan tizimli islohotlar oʻz samarasini bermoqda, deya baholanishi mumkin.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Matonatli Maryam” filmi keng jamoatchilikka taqdim etildi
- Kambagʻallikni qisqartirish: pul emas, aql-idrok va bilim muhim
- FIDE jahon kubogi chempioni Javohir Sindarovni kutib olish marosimi boʻlib oʻtdi (+fotoreportaj)
- Oʻzbekistonda xotin-qizlarga nisbatan raqamli zoʻravonlikka barham berish boʻyicha 16 kunlik kampaniya boshlandi
- “Barselona” La Ligada navbatdagi gʻalabasini qoʻlga kiritdi
- Bugun 2026-yilgi Jahon chempionatiga qurʼa tashlanadi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring