Oʻzbekistonda Suv akademiyasi tashkil etiladi

14:14 10 Aprel 2022 Jamiyat
1592 0

Foto: Illustrativ foto

Oʻzbekistonda suv taʼminoti sohasida mutaxassislarni tayyorlash va malakasini oshirish akademiyasi (Suv akademiyasi) tashkil etiladi. Akademiyaga turli vazifalar biriktirilmoqda. Xususan:

suv taʼminoti sohasini rivojlantirishga zarur boʻlgan boshqaruv, ishlab chiqarish va ekspluatatsiya qilish boʻyicha kadrlar, shu jumladan, oʻrta va oʻrta-maxsus professional taʼlim, oliy taʼlim hamda oliy taʼlimdan keyingi taʼlimda kadrlar tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish;

xalqaro eʼtirof etilgan xorijiy oliy oʻquv yurtlarining yetakchi professor-oʻqituvchilarini jalb qilgan holda, ichimlik va oqova suv sohasida amaliyot bilan uzviy bogʻliqlikda izlanishlar olib borish, ilmiy, ilmiy-pedagogik va ilmiy-texnik kadrlarni tayyorlash boʻyicha hamkorlikda dasturlarni (joint programs) amalga oshirish, xorijiy stajirovka va malaka oshirish kurslarini tashkil etish;

ichimlik va oqova suv sohasida olib borilayotgan yangi qurilish, modernizatsiya va rekonstruksiya qilish tadbirlarida raqamlashtirish boʻyicha ilgʻor texnik va texnologik yechimlar, jumladan SCADA va geoaxborot tizimlaridan keng foydalanish, hisob-kitoblar va billing tizimida “sunʼiy intellekt” va “buyumlar interneti” (internet of things (IoT)) joriy qilish, oqova suv tizimlariga ilgʻor texnologiyalarni tatbiq qilish (membrana yordamida tozalash, suvni ionizatsiya qilish kabi texnologiyalar, tozalangan suvni qayta ishlatish), ichimlik suvni sifatini nazorat qilish boʻyicha ilgʻor texnologiyalar va laborator izlanishlarni olib borish va oʻqitish;

inshoot va tarmoqlar ekspluatatsiyasi, suv resurslarini integratsion tarzda (integrated water resources management), suvni “aqlli” boshqarish va hisobini yuritish (smart water management), isteʼmolchilarni ichimlik suv bilan taʼminlash, ichimlik suvning texnologik va tijorat yoʻqotishlarini oldini olish, ichimlik suv sifati va xavfsizligi tahlili va monitoringi, atrof-muhitga zararni kamaytirish, muqobil suv manbalarini aniqlash, maishiy va sanoat oqava hamda yomgʻir suvlarni tozalash va qayta ishlash, nosozliklarni bartaraf etish, mehnat va texnika xavfsizligi, nasos uskunalarni taʼmirlash, metrologiya va gidravlika, qayta tiklanuvchi va energosamarador manbalarni joriy etish, sohani moliyaviy boshqarish, tariflarni shakllantirish, abonentlar va jamoatchilik bilan ishlash boʻyicha doimiy ravishda qisqa va oʻrta muddatli oʻquv kurslari va amaliy oʻqishlarni, shu jumladan, toʻlov-kontrakt asosida tashkil etish;

soha xodimlarining ilgʻor innovatsion texnologiyalarni yaratish boʻyicha tashabbuskorligini qoʻllab-quvvatlash, ularning novatorlik gʻoyalarini ishlab chiqarishga joriy etishga koʻmaklashish uchun Suv akademiyasi ichida “Startap-akselerator” tashkil etish hamda ushbu akseleratorni Markaziy Osiyo miqyosida keng targʻib qilish;

sohada qoʻllaniladigan texnik talablar, shartlar, standartlar va faoliyat natijalari koʻrsatkichlarini sohani rivojlantirish maqsadlaridan kelib chiqqan holda yangilab borish boʻyicha asoslangan tavsiyalar tayyorlash, bu borada normativ-huquqiy bazani takomillashtirishda bevosita ishtirok etish;

sohada amalga oshirilayotgan investitsion siyosatga yangi boshqarish va moliyalashtirish mexanizmlarini joriy etish yuzasidan xalqaro hamkorlikni amalga oshirish.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер