Oʻzbekistonda OʻRVIdan kuchliroq infeksiya tarqaldimi?
Illyustrativ foto
Ijtimoiy tarmoqlarda bolalar orasida mavsumiy oʻtkir respirator virusli kasalliklarga oʻxshash, lekin ich ketish va qayt qilish simptomlari boʻlgan infeksiya tarqalayotgani bilan bogʻliq xabarlar eʼlon qilinmoqda. Ushbu holat yuzasidan Sogʻliqni saqlash vazirligi rasmiy munosabat bildirdi.
Bildirilishicha, havo-tomchi yoʻli orqali yuqadigan oʻtkir respirator virusli infeksiyalar odatda avgust oyi oxiri va sentyabr oyiga toʻgʻri keladi. Biroq joriy yilda esa bu muddat biroz kechroq — oktyabr oyining oxirgi 10 kunligida boshlangan. Yaʼni bu ijtimoiy tarmoqlarda aytilayotganidek, hech qanday gʻayritabiiy holat emas.
Taʼkidlanishicha, baʼzida respirator belgilar yoʻtalish, aksirish, burun achishishi, tana harorati koʻtarilishi bilan kuzatilsa, ayrim bemorlarda oshqozon-ichak tizimining buzilishi tarzida namoyon boʻladi. Demak, bu xastaliklar har doim ham bir xil kechmaydi va mazkur holat virusning shtammlari bilan bogʻliq.
Vazirlikka koʻra, mavsumiy respirator kasalliklar avj olishini koronavirus mutatsiyasi sifatida baholash ham mutlaqo oʻrinsiz. Chunki, bugunga kelib COVID-19 oddiy respirator infeksiyaga aylanib ulgurgan. Yana bir muhim jihat: bir paytning oʻzida bakterial va virusli infeksiyalar avj olishi qayd etilmaydi, yaʼni mikroorganizmlar olamida shunday bir jarayon borki, biri ikkinchisining koʻpayishiga yoʻl qoʻymaydi.
“Hozirda tibbiyot muassasalarida oʻtkir respirator virusli infeksiyalarni davolash uchun zarur oʻrin-joy va dori-darmon zaxiralari yaratilgan. Yurtimizdagi epidemik vaziyat muntazam monitoring qilib borilmoqda.
Sogʻliqni saqlash vazirligida alohida shtab tuzilib, unga Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qoʻmitasi vakillari, soha olimlari, tizim mutasaddilari hamda Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Toshkent shahri va viloyatlardan onalik va bolalikni muhofaza qilishga masʼul mutaxassislar jalb qilingan.
Umuman, Oʻzbekistonda epidemiologik vaziyat barqaror. Shu bois hech qanday xavotirga oʻrin yoʻq”, deyiladi SSV xabarida.
Shu oʻrinda, vazirlik ota-onalardan farzandlarida kasallik belgilari kuzatilganida oʻz vaqtida oilaviy shifokor koʻrigiga olib borishni soʻragan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- 21-oktyabr – Oʻzbek tili bayrami kuni
- Oʻz xalqini Siz kabi chin dildan sevadigan davlat rahbarini uchratmadim – “ACWA Power” kompaniyasi boshqaruvi raisi Muhammad Abunayyan
- Oʻzbekiston tasviriy sanʼat galereyasida Samarqand maktabining yangi nafasi
- Ish bilan bogʻliq baxtsiz hodisalar va kasbga oid kasalliklar haqidagi maʼlumotlarning yaxlit tizimi yoʻqligi koʻrsatib oʻtildi
- Toshkentda diplomatik vakolatxonalar va xalqaro tashkilotlar oʻrtasida XІX xalqaro mini-futbol turniri tashkil etildi
- Har bir hududda “Kasaba uyushmalari bogʻlari” tashkil etiladi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring