Oʻzbekistonda nogironlik pensiyasini proaktiv shaklda tayinlash tartibi belgilandi
Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 30-iyunda qabul qilingan “Nogironlik pensiyasi va kompensatsiyalarni proaktiv shaklda tayinlash tartibini belgilash toʻgʻrisida”gi qarori (398-son)ga asosan, mazkur xizmatni koʻrsatish sxemasi tasdiqlandi.
Qarorga koʻra, endilikda nogironlik pensiyasi avtomatik tarzda, yaʼni proaktiv shaklda belgilanadi. Bu jarayonda pensiya tayinlangan yoki rad etilgani haqidagi maʼlumotlar fuqarolarga SMS-xabar koʻrinishida yuboriladi. Agar SMS-xabar yuborish imkoni boʻlmasa, bu maʼlumot fuqaroning yashash manziliga respublika byudjeti hisobidan yetkazib beriladi.
Shuningdek, 2025-yil 1-oktyabrgacha “Pensiya” axborot tizimida yangi imkoniyat yaratiladi. Unga koʻra, fuqarolarning JSHSHIR maʼlumotlari asosida ularning nomiga rasmiylashtirilgan mobil aloqa raqamlariga qoʻngʻiroq qilish tizimi joriy etiladi. Bu orqali fuqarolar oʻz pensiya taʼminotiga oid barcha zarur maʼlumotlarni osonlik bilan olish imkoniga ega boʻladi.
Mazkur qaror aholiga qulaylik yaratish, davlat xizmatlarini raqamlashtirish va nogironlikka ega shaxslarning ijtimoiy himoyasini kuchaytirishga qaratilgan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “E-ekspertiza” platformasi orqali elektron hujjatlar almashinuvini yoʻlga qoʻyish tartibi tasdiqlandi
- Nodavlat sud-eksperti sifatida faoliyat yuritish yanada soddalashtiriladi
- “Istanbul Bashakshehir” mehmondan gʻalaba bilan qaytdi
- Ukrainaning uch viloyatida portlashlar qayd etildi. Qurbonlar bor
- Bu yil Oʻzbekiston Proligasida 14 ta jamoa ishtirok etadi
- Yanvar oyida yuz nafardan ortiq amerikalik oʻqish uchun Oʻzbekistonga keldi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring