Oʻzbekistonda necha nafar yoshlar IELTSʼdan 9 ball olgan?
Oʻzbekistonda IELTSʼdan 9 ball olgan yoshlar soni 68 nafarga yetdi. Bu haqida Yoshlar ishlari agentligi direktori Alisher Saʼdullayev oʻzining Telegram-kanalida maʼlum qildi.
Bildirilishicha, 2020-2025-yillar oraligʻida IELTS imtihonidan 5,5 (B2 daraja) va undan yuqori ball olgan yoshlar soni 245,7 ming nafarni tashkil etgan.
Shuningdek, 8,5–9 ball (C2 daraja) olgan yoshlar soni esa 2020-yilga nisbatan 47 baravarga oshgan. Xususan, 9 ball natijani qoʻlga kiritgan yoshlar 68 nafarga yetgan.
Ushbu maʼlumot Yoshlar ishlari agentligi, Britaniya Kengashi, IDP IELTS hamda AQSH elchixonasi hamkorligida oʻtkazilayotgan “Oʻquv markazlari forumi” doirasida eʼlon qilingan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Nigilist pingvin”. Ruhan ezilgan va hayotdan maʼno izlayotganlar uchun noodatiy mem ommalashmoqda
- Prezident Oʻzbekiston bojxona sohasi xodimlariga tabrik yoʻlladi
- Toshkentda Osiyo Olimpiya kengashiga yangi rahbar saylandi (+fotoreportaj)
- “Yangi Oʻzbekiston yulduzlari” milliy mukofoti xalqaro darajaga koʻtarilmoqda
- AQSH Adliya vazirligi Epshteyn ishi boʻyicha 3 millionta faylni eʼlon qildi
- Tramp Kubadan kelayotgan tahdid sabab AQSHda favqulodda holat eʼlon qildi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring