Oʻzbekistonda milliy brendlarni qoʻllab-quvvatlash kompaniyasi tashkil qilinadi
Illyustrativ foto
Oʻzbekistonda 2025-yilning oʻtgan 4 oyida eksport 20 foizga oshdi. Bu haqda Shavkat Mirziyoyev raisligida oʻtayotgan mahalliy sanoatni rivojlantirish boʻyicha kelgusidagi ustuvor vazifalar yuzasidan videoselektor yigʻilishida qayd etildi.
Yigʻilishda taʼkidlanishicha, yuqori oʻsish surʼatlari asosan kimyo, oziq-ovqat, meva-sabzavot, IT, turizm va transport xizmatlari hisobidan taʼminlanmoqda.
Lekin toʻqimachilik eksporti 825 million dollar, yaʼni oʻtgan yilgidan 175 million dollarga kam boʻldi.
“Koʻpchilik sifatga ishlayotgani bilan buni koʻrsatib bera olmayapti. Bizdagi mahsulotlarning “nomi chiqmagani” uchun tashqarida juda arzon sotilayapti. Mahsulot sifatini koʻrsatib, uni qimmat bozorlarga olib chiqadigan eng asosiy kalit, bu – xalqaro sertifikatlar”, dedi Prezident.
Toʻqimachilik sohasidagi 1,5 mingdan ziyod yirik va oʻrta korxonadan faqat 244 tasida xalqaro sertifikat bor.
Savdo-sanoat palatasi har bir korxonaga borib, sertifikat olishga koʻmaklashsa, qoʻshilgan qiymatni ham, eksportni ham oshirish mumkinligi koʻrsatib oʻtildi.
Shu munosabat bilan Qoraqalpogʻiston, Qashqadaryo, Navoiy Sirdaryo, Surxondaryo, Xorazm viloyatlarida xalqaro sertifikatga ega korxonalarni 20 taga yetkazish, qolgan hududlarda yana 10 tadan korxonaga sertifikat olishga koʻmaklashish vazifasi qoʻyildi.
Milliy brendlarni koʻpaytirish, mavjudlarini xalqaro darajaga olib chiqish boʻyicha ham yangi tizim joriy qilinishi belgilandi.
Milliy brendlarni qoʻllab-quvvatlash kompaniyasi tashkil qilinadi. Ushbu kompaniya:
- xorijdan brend-menejer, dizayner, marketolog, piar-menejerlarni olib keladi;
- xalqaro sertifikati bor, sifati yuqori va tashqi bozorda raqobatbardosh boʻlgan kamida 50 ta milliy mahsulotni tanlab oladi;
- ularga sifat belgisini berib, brendini dunyoga tanitish uchun katta targʻibot kampaniyasini boshlaydi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Matonatli Maryam” filmi keng jamoatchilikka taqdim etildi
- Kambagʻallikni qisqartirish: pul emas, aql-idrok va bilim muhim
- FIDE jahon kubogi chempioni Javohir Sindarovni kutib olish marosimi boʻlib oʻtdi (+fotoreportaj)
- Oʻzbekistonda xotin-qizlarga nisbatan raqamli zoʻravonlikka barham berish boʻyicha 16 kunlik kampaniya boshlandi
- “Barselona” La Ligada navbatdagi gʻalabasini qoʻlga kiritdi
- Bugun 2026-yilgi Jahon chempionatiga qurʼa tashlanadi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring