Oʻzbekistonda mansabdorlar koʻproq qay turdagi jinoyatlarni sodir etayotgani ochiqlandi
Bosh prokuratura mansabdor shaxslarning 2024-yilning birinchi yarmidagi jinoyatchiligi tahlilini eʼlon qildi. Unga koʻra, oʻtgan 6 oyda 2525 ta jinoyat ishi boʻyicha 2389 nafar mansabdor jinoiy javobgarlikka tortilgan.
Maʼlum qilinishicha, yanvar iyun oylarida jinoiy javobgarlikka tortilgan mansabdorlarning 23 nafari respublika miqyosidagi xodimlar, 223 nafari viloyat miqyosidagi xodimlar, 2143 nafari tuman (shahar) miqyosidagi xodimlar boʻlgan.
Aniqlik kiritilishicha, javobgarlikka tortilgan mansabdorlar eng koʻpi (1467 nafari) oʻzganing mulkini oʻzlashtirish yoki rastrata yoʻli bilan talon-taroj qilish jinoyatini sodir etgan. Undan keyingi oʻrinlarda pora olish/berish yoki vositachilik qilish jinoyati (158 nafar) va firibgarlik jinoyati (191 nafar) qayd etilgan.
Shuningdek, 104 nafar mansab vakolatini suiisteʼmol qilgan, 30 nafari hokimiyat yoki mansab vakolati doirasidan chetga chiqqan, 48 nafari mansab soxtakorligiga yoʻl qoʻygan, 28 nafari mansabga sovuqqonlik bilan qaragan. Qolgan 363 nafari esa boshqa turdagi jinoyatlarni sodir etgan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Abduqodir Husanov yana bir bor “Real Madrid”ga qarshi oʻynaydi
- Bolalar saratoniga qarshi kurash: xalqaro hamkorlikdagi muhim qadam
- Oʻzbekistonning 7 ta moddiy va nomoddiy madaniy meros obyektlari AYSESKO roʻyxatiga kiritildi
- Superliganing 2026-yilgi mavsumi boshlanmoqda
- Har burchagida tarix yashiringan shahar — Londondan fotoreportaj
- Erkaklar ayollarga nisbatan koʻproq kaloriya isteʼmol qilishi kerakmi?
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring