Oʻzbekistonda lotin yozuvidagi oʻzbek imo-ishora alifbosi ishlab chiqiladi

17:24 02 Dekabr 2020 Jamiyat
2193 0

“Shaxslar oʻrtasida muloqot vositasi sifatida ishlatiladigan imo-ishora tilini yana-da rivojlantirish toʻgʻrisida”gi Hukumat qarori loyihasi eʼlon qilindi.

Unga koʻra, Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Toshkent shahar va viloyatlar, shuningdek tumanlar (shaharlar) markazlarida umumiy oʻrta taʼlim muassasalari negizida imo-ishora tili va Brayl alifbosini oʻrgatish boʻyicha maxsus kurslar tashkil etiladi.

Hujjat loyihasida belgilanishicha, oʻzbek imo-ishora tili eshitishi va nutqida ogʻir nuqsoni boʻlgan shaxslar hamda ular bilan sogʻlom shaxslar oʻrtasida muloqot tili sifatida Oʻzbekiston Respublikasining butun hududida tan olinadi.

Mulkchilik shakli va idoraviy mansubligidan qatʼi nazar, barcha korxonalar, tashkilotlar va muassasalarda oʻzbek imo-ishora tilidan muloqot tili sifatida foydalanish uchun shart-sharoitlar yaratiladi.

Loyihada Xalq taʼlimi vazirligi uch oy muddatda lotin yozuvidagi oʻzbek imo-ishora alifbosini ishlab chiqishi hamda 2021/2022 oʻquv yilidan boshlab imkoniyati cheklangan bolalar uchun taʼlim muassasalarining oʻquv jarayoniga joriy etishi lozimligi nazarda tutilgan.

Xalq taʼlimi vazirligi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi bilan birgalikda 2021/2022 oʻquv yilidan boshlab:

korreksion pedagogika va defektologiya sohasida pedagog kadrlarga boʻlgan real ehtiyojlardan kelib chiqib, zarur taʼlim yoʻnalishlari

va mutaxassisliklari (surdopedagogika, tiflopedagogika, oligofrenopedagogika, logopediya) boʻyicha qabul kvotalarini oshirish;

hududlarning defektologiya sohasida pedagog kadrlarga boʻlgan ehtiyojlarini taʼminlash maqsadida defektologiya taʼlim yoʻnalishlariga davlat grantlari asosidagi qabul kvotalari ulushini oshirish orqali maqsadli qabulni tashkil etish yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga asoslangan takliflar kiritadi.

Moliya vazirligi, Sogʻliqni saqlash vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, Adliya vazirligi, Uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish vazirligi, Markaziy bank, “Uzbekistan Airways” va “Oʻzbekiston temir yoʻllari” aksiyadorlik jamiyatlari idoraviy boʻysunuvidagi jismoniy va yuridik shaxslar tomonidan eng koʻp murojaat qilinadigan davlat organlari va tashkilotlarda:

nogironligi boʻlgan shaxslar bilan muloqot qilish uchun qulay

shart-sharoitlar yaratish, jumladan oʻzbek imo-ishora tilida muloqot qilishda koʻmaklashuvchi vositalar (tarjimonlar, oʻzbek imo-ishora tili va Brayl alifbosida maʼlumot beruvchi yozuvlar, video va fotosuratlar, eshittiruvchi, elektron maʼlumotlar tablo) bilan taʼminlash;

rasmiy veb-saytlarda nogironligi boʻlgan shaxslar uchun joylashtirilgan maʼlumotlar bilan erkin tanishish va xizmatlardan foydalanishga oid qoʻshimcha imkoniyatlar joriy etish, oʻzbek imo-ishora tilida namoyish etish shaklidagi ruknlar joylashtirish choralari koʻriladi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер