Oʻzbekistonda XTV taʼlim boʻyicha yangi gʻoyalar portalini ishga tushirdi
Mazkur portal orqali barchaga xalq taʼlimi sohasini rivojlantirishga oid gʻoya va takliflarini toʻgʻridan-toʻgʻri vazirlikning maxsus ishchi guruhiga yuborish imkoniyati yaratildi. Bu haqda XTV axborot xizmati xabar berdi.
Gʻoya va takliflarni yuborish uchun: www.idea.itsm.uz veb-sahifasiga kirib, “Gʻoyangizni yoʻllang!” tugmasini bosing va quyida koʻrsatilgan yoʻnalishlardan birini belgilang. Soʻngra tayyorlangan prezentatsiya shablonini yuklab oling. Gʻoya va taklifingizni Xalq taʼlimi tizimiga tatbiq etish mexanizmlarini izohlagan holda joʻnatishingiz talab etiladi:
Yoʻnalishlar:
- taʼlim sifatini yaxshilash;
- oʻqituvchilar maqomini oshirish;
- oʻqituvchilar malakasini oshirish;
- davlat-xususiy sheriklik;
- maktabdan tashqari taʼlimni rivojlantirish;
- innovatsiya va texnologiyalar;
- zamonaviy maktab;
- maktablarning infratuzilmasini takomillashtirish;
- inklyuziv taʼlim;
- boshqalar.
Oʻz navbatida, vazirlik ishchi guruhi tomonidan eng yaxshi gʻoya va takliflar hamda ularni hayotga tatbiq etgan muallifni aniqlash maqsadida maxsus koʻrik-tanlov tashkil etiladi. Musobaqa natijalariga koʻra gʻoliblar qimmatbaho sovgʻalar bilan taqdirlanadi.
Taqdim etilgan gʻoya va takliflarni koʻrib chiqish tartibi alohida Nizom bilan tasdiqlanadi hamda belgilangan tartibda eʼlon qilinadi.
Mazkur portal Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi huzuridagi “Innovatsiya, texnologiya va strategiya markazi” tomonidan yaratildi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- G20 sammitining Janubiy Afrikada oʻtkazilishi sharmandali holat – Tramp
- AQSH va Britaniya Suriya muvaqqat prezidenti Axmad ash-Sharʼani “qora roʻyxat”dan chiqardi
- Oʻzbekiston U-17 terma jamoasi Jahon chempionatidagi ikkinchi oʻyinida magʻlub boʻldi
- Oʻzbekiston milliy terma jamoasining xalqaro musobaqa uchun qaydnomasi eʼlon qilindi
- Turkiya sudi Netanyahuni Gʻazoda genotsid sodir etganlikda ayblab, hibsga olish orderini maʼqulladi
- Rossiya NATOga hujum qilish uchun shay holatda — Bundesver generali
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring