“O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan tadbirkor” faxriy unvoni ta’sis etilmoqda
Foto: Akmal Muhammadov / “Xalq so‘zi”
Oliy Majlis Senatining ellik oltinchi yalpi majlisida “O‘zbekiston Respublikasining “O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan tadbirkor” faxriy unvonini ta’sis etish to‘g‘risida”gi Qonun ko‘rib chiqildi.
Qonun bilan «O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan tadbirkor» faxriy unvoni biznesning yangi, yuqori daromadli yo‘nalishlarini yo‘lga qo‘ygan, sohaga innovatsiyalarni keng joriy qilish, zamonaviy ishlab chiqarish quvvatlarini barpo etish, eksport salohiyatini oshirish, xorijiy va mahalliy investisiyalarni faol jalb qilish, yangi ish o‘rinlarini yaratish orqali mamlakatimiz iqtisodiyotini rivojlantirish hamda aholi farovonligini yuksaltirishga munosib hissa qo‘shib kelayotgan, shuningdek, o‘z faoliyati davomida davlat organlari bilan o‘zaro hamkorlikni amalga oshirib, ijtimoiy loyihalardagi faolligi bilan boshqalarga namuna bo‘layotgan, biznes yuritishda katta tajribaga ega, ilg‘or va tashabbuskor tadbirkorlik sub’yektlari rahbarlari va ta’sischilariga berilishi nazarda tutilgan.

Qonunga ko‘ra “O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan tadbirkor” faxriy unvonini ta’sis etilishi munosabati bilan “O‘zbekiston Respublikasining faxriy unvonlarini ta’sis etish to‘g‘risida”gi va “Davlat mukofotlari to‘g‘risida”gi qonunlarga tegishli o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilmoqda.
Senatorlar ta’kidlaganidek, Qonunning qabul qilinishi mamlakatimizda iqtisodiyotni o‘sishini, tadbirkorlikning yanada rivojlanishini, yangi ish o‘rinlari yaratishni ta’minlashda barchaga namuna bo‘layotgan, turli sohalarda yuqori natijalarga erishib kelayotgan tadbirkorlar faoliyatini rag‘batlantirish imkonini beradi.
Muhokamadan so‘ng Qonun ma’qullandi.





Foto: Akmal Muhammadov / “Xalq so‘zi”
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Abduqodir Husanov yana bir bor “Real Madrid”ga qarshi oʻynaydi
- Bolalar saratoniga qarshi kurash: xalqaro hamkorlikdagi muhim qadam
- Oʻzbekistonning 7 ta moddiy va nomoddiy madaniy meros obyektlari AYSESKO roʻyxatiga kiritildi
- Superliganing 2026-yilgi mavsumi boshlanmoqda
- Har burchagida tarix yashiringan shahar — Londondan fotoreportaj
- Erkaklar ayollarga nisbatan koʻproq kaloriya isteʼmol qilishi kerakmi?
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring