Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan artist Muhammad Rafiqov vafot etdi
Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan artist, sanʼat arbobi, “Doʻstlik” ordeni sohibi Rafiqov Muhammad Muhiddinovich vafot etdi.
Muhammad Rafiqov viloyat televideniyesi tashkil topgan kundan yaʼni, 1994-yil mart oyidan buyon rejissyor sifatida faoliyat koʻrsatib, koʻplab koʻrsatuvlari, shuningdek, ijro etgan rollari bilan teletomoshabinlar eʼtiborini qozondi.
Jumladan, “Bobur” telefilmida Shayboniyxon, «Amir Muzaffarxon»da Muzaffarxon, “Hakim va ajal” videofilmida Ibn Sino, «Imom al-Buxoriy» serialida Al-Buxoriy, “Sohibqiron” serialida Amir Temur, «Shaytanat» videofilmida Abdurahmon tabib, “Qoʻqon shamoli” filmida Shayx ul-Islom kabi 50 dan ortiq obrazlarni mahorat bilan ijro etdi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “E-ekspertiza” platformasi orqali elektron hujjatlar almashinuvini yoʻlga qoʻyish tartibi tasdiqlandi
- Nodavlat sud-eksperti sifatida faoliyat yuritish yanada soddalashtiriladi
- “Istanbul Bashakshehir” mehmondan gʻalaba bilan qaytdi
- Ukrainaning uch viloyatida portlashlar qayd etildi. Qurbonlar bor
- Bu yil Oʻzbekiston Proligasida 14 ta jamoa ishtirok etadi
- Shavkat Mirziyoyev Vashington shahrida Tinchlik kengashining dastlabki yigʻilishida ishtirok etdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring