Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan artist Malika Qayumova 70 yoshda olamdan oʻtdi
Shu yilning 13-iyun kuni Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan artist, Muqimiy nomidagi Oʻzbekiston davlat musiqali teatrining oliy toifali aktrisasi Malika Qayumova 70 yoshda olamdan oʻtdi.
Malika Qayumova 1954-yilning 1-fevral kuni Toshkent viloyatida tavallud topgan. 1976-yili Toshkent teatr va rassomlik sanʼati institutini bitirgan. 1993-yildan boshlab Muqimiy nomidagi musiqali teatrda faoliyat koʻrsatib kelgan. Ijodiy faoliyati davomida teatrda sahnalashtirilgan 30 dan ortiq spektakllarda bosh qahramon rollari va xarakterli obrazlarni yuksak mahorat bilan ijro etgan.
Sanʼatkor teleekran orqali ham bir qator videofilm va teleturkumlarda samarali ijod qilgan. 2011-yili “Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan artist” faxriy unvoni bilan mukofotlangan.
“Xalq soʻzi” va “Narodnoye slovo” gazetalari tahririyati marhumaning oila aʼzolari va yaqinlariga chuqur hamdardlik bildiradi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Ilm-fan sohasida xotin-qizlarga yaratilgan imkoniyatlarga bagʻishlangan anjuman
- Oʻzbekistonda inson aʼzolarini 3D bioprinterda chop etish imkoniyati yaratilmoqda
- Bedilni xalqqa tanitgan xattot
- Milliy naqshlarda oʻzligimiz namoyon
- Nodavlat sud-eksperti sifatida faoliyat yuritish yanada soddalashtiriladi
- “Istanbul Bashakshehir” mehmondan gʻalaba bilan qaytdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring