Oʻzbekistonda “Xavflarni boshqarish” qoʻmitalari tuziladi
Illyustrativ foto
2025-yil 1-yanvardan hokimliklar, vazirlik va idoralar, yirik tashkilotlarda ularning birinchi rahbarlari boshchiligida kollegial asosda “Xavflarni boshqarish” qoʻmitalari tuziladi. Bu haqda “Byudjet mablagʻlaridan foydalanish ustidan moliyaviy nazoratni kuchaytirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi prezident farmonida keltirilgan.
2025-yildan davlat byudjeti va davlat maqsadli jamgʻarmalari hisobidan hududlarga taqsimlangan mablagʻlar boʻyicha maʼlumotlar tegishli xalq deputatlari Kengashlariga taqdim etiladi.
Bunda xalq deputatlari mahalliy Kengashlarining hududlarga Davlat byudjeti va davlat maqsadli jamgʻarmalaridan ajratilayotgan mablagʻlar boʻyicha soʻrovi va nazorati yoʻlga qoʻyiladi.
Har chorakda Hisob palatasi tomonidan oʻtkazilgan nazorat tadbirlari yakunlari boʻyicha taqdim etilgan axborotlar Hukumatning majlislarida muhokama qilib boriladi.
2025-yil 1-yanvardan moliyaviy va boshqa xavflarning oldini olish uchun Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, vazirlik va idoralar, ustav fondida (ustav kapitalida) davlat ulushi 50 foiz va undan ortiq boʻlgan yirik tashkilotlarda ularning birinchi rahbarlari boshchiligida kollegial asosda “Xavflarni boshqarish” qoʻmitalari tuziladi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Alisher Navoiy – ilm va maʼno ehtiyoji manbai
- Investorlar uchun eng jozibador hudud yoxud investitsiya oqimidagi keskin tafovutning sabab va oqibatlari
- Ilm-fan sohasida xotin-qizlarga yaratilgan imkoniyatlarga bagʻishlangan anjuman
- Oʻzbekistonda inson aʼzolarini 3D bioprinterda chop etish imkoniyati yaratilmoqda
- Bedilni xalqqa tanitgan xattot
- Milliy naqshlarda oʻzligimiz namoyon
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring