Oʻzbekistonda keksalar uchun poyezd va samolyot chiptalariga chegirmalar eʼlon qilindi
Keksa fuqarolar uchun qoʻshimcha qulayliklar yaratish va ularning mamlakatimiz boʻylab sayyohlik safarlarida faol ishtirokini qoʻllab-quvvatlash maqsadida “Keksalar uchun turizm oyligi” munosabati bilan maxsus chegirmalar beriladi. Bu haqida Transport vazirligi xabar berdi.
Unda aytilishicha, “Uzbekistan Airways” 60 yoshdan oshgan erkaklar va 55 yoshdan oshgan ayollar uchun barcha iqtisodiy klass chiptalariga 15 foizgacha chegirma taqdim etadi. Taklif aviakompaniyaning 2025-yil 1-noyabrdan 30-noyabrgacha boʻlgan ichki parvozlarida amal qiladi.
Shuningdek, “Oʻzbekiston temir yoʻllari” ushbu toifadagi fuqarolar uchun barcha ichki yoʻnalishlardagi poyezdlarga (“Afrosiyob” tezyurar elektropoyezdlaridan tashqari) yoʻl haqining tarif qismidan 20 foiz chegirma eʼlon qiladi. Imtiyoz har yili 2-8-oktyabr va 1 30-noyabr kunlari amal qiladi.
“Ushbu choralar ichki turizmni rivojlantirish, butun respublika boʻylab qulay sayohat qilish imkoniyatlarini kengaytirish va hurmatli nuroniylarimizning turmush sifatini oshirishga qaratilgan”, — deyiladi xabarda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Komiljonov Muxammadsolih Sobirjon oʻgʻlining “Salomatlik landshaftlarini tashkil etish tamoyillarini ishlab chiqish” mavzusidagi (arxitektura fanlari boʻyicha) falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasining himoyasi eʼloni
- Ukrainada jurnalistlarni olib ketayotgan avtomobil dronlar hujumiga uchradi
- Rossiya yangi urushga tayyorgarlik koʻrmoqda — Germaniya mudofaa vaziri
- Tehronda vaziyat jiddiy: poytaxt aholisi evakuatsiya qilinishi mumkin
- «Yevroosiyo Banki» Aksiyadorlik jamiyatining tugatish komissiyasi xabari
- Namangan – yangilanish va goʻzallik shahri
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring