Oʻzbekistonda kambagʻallik darajasi sezilarli pasaydi
Oʻzbekistonda kambagʻallik darajasi xalqaro standartlar asosida baholanganda 2024-yil yakunlariga koʻra sezilarli pasaygani aniqlandi. Unga koʻra, kambagʻallik darajasi 11 foizdan 8,9 foizga kamaygan. Bu haqida Bandlik vazirligi matbuot xizmati maʼlumot berdi.
Qayd etilishicha, kambagʻallik darajasining eng yuqori pasayishi kuzatilgan hududlar orasida Buxoro viloyati 11,8 foizdan 8,7 foizga tushib yetakchilikka erishgan. Samarqand viloyati 10,5 foizdan 7,5 foizga, Namangan viloyati 10,4 foizdan 7,6 foizga pasayib ikkinchi va uchinchi oʻrinlarda egalladi.
Qoraqalpogʻiston Respublikasidagi kambagʻallik darajasi 13,6 foizdan 10,8 foizgacha pasaygani qayd etildi.
“2024-yilda aholi bandligini taʼminlash, tadbirkorlikka jalb qilish, tomorqa va dehqonchilik uchun ajratilgan yer maydonlaridan foydalanish samaradorligini oshirish boʻyicha koʻrilgan choralar mamlakatda kambagʻallik darajasini pasaytirishga katta hissa qoʻshdi”, — deyiladi xabarda.
Shuningdek, oʻtgan yil soʻngidagi aholining real daromadi yil boshidagi daromaddan 10,7 foizga oʻsib, jon boshiga oyiga oʻrtacha 2,1 mln soʻmdan toʻgʻri kelganligi qayd etilgan.
Bundan tashqari, aholi daromadlarining 42,6 foizini ish haqi tashkil qilgan. Ushbu koʻrsatgich 2023-yilgi 41,9 foizdan 0,7 foizga oʻsganligini koʻrsatadi. Tadbirkorlikdan daromadlar – 22,9 foiz (2023-yilda 21,4 foiz), pensiya, ijtimoiy yordam va subsidiyalar – 18,2 foiz (18,9 foiz), qishloq xoʻjaligi va tomorqadan daromadlar – 10,7 foiz (9,8 foiz), xorijdan pul oʻtkazmalar – 2,0 foiz (3,1 foiz) va boshqa daromadlar – 3,6 foizga oshganligi aniqlangan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Analog turmush tarzi”. Insonlarda sunʼiy intellektga qarshi kayfiyat kuchaymoqda
- Prezident Oʻzbekiston bojxona sohasi xodimlariga tabrik yoʻlladi
- “Nigilist pingvin”. Ruhan ezilgan va hayotdan maʼno izlayotganlar uchun noodatiy mem ommalashmoqda
- Tarix va zamonaviylik uygʻunlashgan shahar — Turkiya poytaxtidan fotoreportaj
- Kuchli qichishish va jismoniy azobdan tashqari, insonni ruhan ham yemiradi
- Shavkat Mirziyoyev Toshkent shahrida qisqa fursatga toʻxtagan Italiya Respublikasi Bosh vaziri Jorja Meloni bilan uchrashuv oʻtkazdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring