Oʻzbekistondan sovuq havo qachon chekina boshlaydi?
Soʻnggi kunlarda Oʻzbekistonda havo harorati keskin sovib ketdi. Xoʻsh, sovuq ob-havo qachon chekina boshlaydi? “Xalq soʻzi” nashri ushbu savol bilan «Oʻzgidromet»ga murojaat qildi.
«Oʻzgidromed»ning nashrimizga maʼlum qilishicha, 10-yanvardan boshlab havo harorati sekin-asta koʻtariladi va 2-7 daraja iliq boʻladi.
«Yangi 2021-yil keldi, ammo bizning mamlakatimiz boʻylab ob-havo sharoitini hali ham markazi Sibir hududlari ustida joylashgan sovuq antitsiklon periferiyasi belgilamoqda. Yangi yilning birinchi ish haftasi davomida juda yuqori bosimli maydon, anomal sovuq ob-havoni keltiradi.
Kechalari sovuq 5-10 darajagacha, shimolda va choʻl hududlarida esa 12-17 darajagacha pasayadi, hafta oxirigacha esa kunduz kunlari havo harorati 0-5 daraja sovuqdan oshmaydi. Hafta davomida havo harorati oʻrtacha yillik qiymatlardan 8-10 darajaga past boʻladi.
Respublikaning baʼzi joylarida tuman kuzatiladi. Ushbu davrda togʻli hududlarda qor koʻchishi xavfi bor», dedi Axborot xizmati rahbari.
Inobat AHATOVA,
“Xalq soʻzi”.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “E-ekspertiza” platformasi orqali elektron hujjatlar almashinuvini yoʻlga qoʻyish tartibi tasdiqlandi
- Nodavlat sud-eksperti sifatida faoliyat yuritish yanada soddalashtiriladi
- “Istanbul Bashakshehir” mehmondan gʻalaba bilan qaytdi
- Ukrainaning uch viloyatida portlashlar qayd etildi. Qurbonlar bor
- Bu yil Oʻzbekiston Proligasida 14 ta jamoa ishtirok etadi
- Shavkat Mirziyoyev Vashington shahrida Tinchlik kengashining dastlabki yigʻilishida ishtirok etdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring