Oʻzbekistonda har ming nafar aholiga nechta tadbirkor toʻgʻri keladi?
2026-yilning 1-yanvar holatiga koʻra, Oʻzbekistonda har ming nafar aholiga 31,7 ta tadbirkorlik subyektlari toʻgʻri keladi. Bu haqida Milliy statistika qoʻmitasi maʼlumot berdi.
Unda aytilishicha, har ming nafar aholiga toʻgʻri keladigan tadbirkorlar sonining eng katta ulushi Jizzax viloyatiga toʻgʻri kelib, ushbu koʻrsatkich 61 tani tashkil etgan. Undan keyingi oʻrinlarda 45,3 ta tadbirkor bilan Toshkent shahri ikkinchi oʻrinda, 44,8 ta tadbirkorlik subyektlari bilan Xorazm viloyati uchinchi pogʻonada qayd etilgan.
Shuningdek, ushbu koʻrsatkich Sirdaryo viloyatida 37,5 ta, Navoiy viloyatida 37,1 ta, Surxondaryo viloyatida 36 ta, Buxoro viloyatida 35,3 ta, Andijon viloyatida 35,2 ta, Toshkent viloyatida 29,3 ta, Qoraqalpogʻiston Respublikasida 27,9 ta, Namangan viloyatida 24,8 ta, Samarqand viloyatida 23,9 ta, Fargʻona viloyatida 22,3 ta hamda Qashqadaryo viloyatida 18,6 tani tashkil qilgan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- AQSH Adliya vazirligi Epshteyn ishi boʻyicha 3 millionta faylni eʼlon qildi
- Tramp Kubadan kelayotgan tahdid sabab AQSHda favqulodda holat eʼlon qildi
- Buyuk shoirning Samarqanddagi tabarruk izlari
- Oʻzlikni anglash sari muhim qadam: “Milliy qadriyatlar atlasi” kitob-albomi taqdimot qilindi (+video)
- Urush, jasorat va sport: hafta davomida dunyo eʼtiborini tortgan 10 ta surat
- “Humans” Oʻzbekistondan yuzlab million dollar zararni qoplashni talab qilmoqda
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring