Oʻzbekistonda hafta davomida qanday ob havo kuzatiladi?
“Oʻzgidromet” hafta davomida kuzatiladigan ob-havo maʼlumotini eʼlon qildi.
Unga koʻra, haftaning birinchi yarmida Oʻzbekistonning janubi-sharqiy hududlari nam va beqaror havo massalari taʼsiri ostida boʻladi.
10-may, dushanba, kunduz kuni respublikaning baʼzi joylarida yomgʻir yogʻadi, momaqaldiroq boʻlishi mumkin. Fargʻona vodiysi viloyatlarida yomgʻir kechqurun yogʻishi mumkin. Shimoliy hududlarda va respublikaning eng janubida yogʻingarchilik kutilmaydi.
Keyinchalik ish haftasining oxirigacha respublikaning tekislik hududlari boʻyicha, asosan, quruq ob-havo boʻladi.
Togʻoldi va togʻli tumanlarda hafta davomida baʼzi joylarda momaqaldiroq kuzatiladi, yomgʻir yogʻishi kutilmoqda.
Ayrim kunlarda respublika boʻyicha baʼzi joylarda shamol 15-20 metr/sekundgacha kuchayishi kutilmoqda. Havo harorati kechasi 13-18 daraja, kunduzi 23-28 daraja iliq atrofida boʻladi. Qayd etilishicha, bunday harorat may oyining oʻrtasi uchun oʻrtacha koʻp yillik qiymatlarga yaqin.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “E-ekspertiza” platformasi orqali elektron hujjatlar almashinuvini yoʻlga qoʻyish tartibi tasdiqlandi
- Nodavlat sud-eksperti sifatida faoliyat yuritish yanada soddalashtiriladi
- “Istanbul Bashakshehir” mehmondan gʻalaba bilan qaytdi
- Ukrainaning uch viloyatida portlashlar qayd etildi. Qurbonlar bor
- Bu yil Oʻzbekiston Proligasida 14 ta jamoa ishtirok etadi
- Shavkat Mirziyoyev Vashington shahrida Tinchlik kengashining dastlabki yigʻilishida ishtirok etdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring