Oʻzbekistonda fuqarolik obyektlari qurilishi 28 foizga oshdi
Oʻzbekistonda 2025-yilning yanvar-oktyabr oylarida fuqarolik obyektlari qurilishida 51,6 trln soʻmlik qurilish ishlari amalga oshirilgan boʻlib, jami qurilish ishlaridagi ulushi 20,9 foizni tashkil etdi. Bu haqida Milliy statistika qoʻmitasi maʼlumot berdi.
Hududlar kesimida fuqarolik obyektlari qurilishi hajmi quyidagicha taqsimlangan:
- Qoraqalpogʻiston Respublikasi – 2 trln soʻm;
- Andijon viloyati – 1,8 trln soʻm;
- Buxoro viloyati – 3,8 trln soʻm;
- Jizzax viloyati – 1,1 trln soʻm;
- Qashqadaryo viloyati – 1,6 trln soʻm;
- Navoiy viloyati – 2,4 trln soʻm;
- Namangan viloyati – 983,2 mlrd soʻm;
- Samarqand viloyati – 9,2 trln soʻm;
- Surxondaryo viloyati – 2,6 trln soʻm;
- Sirdaryo viloyati – 1,8 trln soʻm;
- Toshkent viloyati – 5,8 trln soʻm;
- Fargʻona viloyati – 3,1 trln soʻm;
- Xorazm viloyati – 2,1 trln soʻm;
- Toshkent shahri – 13,4 trln soʻm.
Qoʻmita maʼlumotlariga koʻra, ushbu koʻrsatkich 2024-yilning mos davri bilan solishtirilganda 28 foizga oʻsgan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Adabiyot va hayot”: Sultonboy Dehqonovning shaxsiy fotokoʻrgazmasi ochildi (+fotoreportaj)
- Hokimlik Toshkentni “yuva boshladi“. Xoʻsh, suv sepish havo ifloslanishini kamaytiradimi?
- Kambagʻallikni qisqartirish: pul emas, aql-idrok va bilim muhim
- Oʻzbekistonda xotin-qizlarga nisbatan raqamli zoʻravonlikka barham berish boʻyicha 16 kunlik kampaniya boshlandi
- “Matonatli Maryam” filmi keng jamoatchilikka taqdim etildi
- FIDE jahon kubogi chempioni Javohir Sindarovni kutib olish marosimi boʻlib oʻtdi (+fotoreportaj)
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring