Oʻzbekistonda farmatsevtika xaridlari yangi elektron modul orqali amalga oshiriladi
“Farmatsevtika mahsulotlari boʻyicha davlat xaridlarini amalga oshirish mexanizmlarini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Hukumat qarori (737-son, 21.11.2025-y.) qabul qilindi.
Qarorga koʻra, davlat xaridi elektron tizimi operatorining elektron tizimida “Farma.xarid.uz” moduli (Modul) yaratiladi.
Davlat buyurtmachilari tomonidan dori vositalari va tibbiy jihozlar boʻyicha davlat xaridlarini majburiy ravishda Modul orqali amalga oshirish tartibi joriy etiladi.
2026-yil 1-iyuldan quyidagilarning davlat roʻyxatidan oʻtkazilishi lozim boʻlgan farmatsevtika mahsulotlari bilan dori vositalari va tibbiy jihozlar boʻyicha davlat xaridlarida ishtirok etishiga ruxsat beriladi:
— dori vositalari boʻyicha “Zarur ishlab chiqarish amaliyoti (GMP)” sertifikatiga ega ishlab chiqaruvchilar;
— tibbiy jihozlar boʻyicha “ISO:13485” sertifikatiga ega ishlab chiqaruvchilar;
— “Zarur distribyutorlik amaliyoti (GDP)” sertifikatiga ega dori vositalarini ulgurji realizatsiya qiluvchi tashkilotlar (distribyutorlar).
2026-yil 1-martdan Andijon va Namanganda roʻyxatdan oʻtgan davlat buyurtmachilari, 2026-yil 1-iyuldan barcha davlat buyurtmachilari tomonidan farmatsevtika mahsulotlari boʻyicha davlat xaridlari Modul orqali amalga oshiriladi.
2026-yil 1-yanvardan “Pharma.gov.uz” portalida davlat xaridlari sohasida foydalaniladigan tovarlarning milliy klassifikatoridan foydalanib hamda xaridlar hajmlarini koʻrsatgan holda, barcha farmatsevtika mahsulotlarining reyestri eʼlon qilib boriladi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Komiljonov Muxammadsolih Sobirjon oʻgʻlining “Salomatlik landshaftlarini tashkil etish tamoyillarini ishlab chiqish” mavzusidagi (arxitektura fanlari boʻyicha) falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasining himoyasi eʼloni
- Ukrainada jurnalistlarni olib ketayotgan avtomobil dronlar hujumiga uchradi
- Rossiya yangi urushga tayyorgarlik koʻrmoqda — Germaniya mudofaa vaziri
- Tehronda vaziyat jiddiy: poytaxt aholisi evakuatsiya qilinishi mumkin
- «Yevroosiyo Banki» Aksiyadorlik jamiyatining tugatish komissiyasi xabari
- Namangan – yangilanish va goʻzallik shahri
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring