Italiyada oʻtkazilgan xalqaro musobaqada Mirzaobod qovunlaridan tayyorlangan muzqaymoqlar faxrli ikkinchi oʻringa sazovor boʻldi
Bu haqda Mirzaobod tumani hokimligi axborot xizmati xabar berdi.
«Mirzaobod tumani nafaqat anori bilan, balki qovuni bilan ham mashhurdir. Mirzaobod tumani dalalarida yetishtirilgan poliz ekinlari oʻzining xushtaʼmligi va shirinligi bilan xaridorlarni oʻziga jalb etishi bor gap.
Italiyaning Rim shahrida «Palasso dei Kongressi» saroyida oʻtkazilgan, “Taʼm ustalari” deb nomlangan Italiyaning ll-milliy koʻrgazmasida birinchi marta turli mamlakatlardan tashrif buyurgan mohir oshpazlar oʻrtasida “Dunyo muzqaymoqlari avlodi” deb nomlangan xalqaro konkurs oʻtkazilganda, Konkursda italiyalik mohir oshpaz Eugenno Morrone tomonidan Mirzaobod qovunlaridan tayyorlangan muzqaymoqlar faxrli ikkinchi oʻringa munosib topildi.
Konkurs shartlariga koʻra muzqaymoqlar mevalar yoki boshqa mamlakatlarda yetishtiriladigan mahsulotlardan tayyorlanishi kerak edi.
Muzqaymoq tayyorlashda Sirdaryo viloyati Mirzaobod tumanidan keltirilgan “Qirqma”, “Qariqiz”, “Qoraqand” nomli qovun navlaridan foydalanilgan» deyiladi xabarda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Abduqodir Husanov yana bir bor “Real Madrid”ga qarshi oʻynaydi
- Bolalar saratoniga qarshi kurash: xalqaro hamkorlikdagi muhim qadam
- Oʻzbekistonning 7 ta moddiy va nomoddiy madaniy meros obyektlari AYSESKO roʻyxatiga kiritildi
- Superliganing 2026-yilgi mavsumi boshlanmoqda
- Har burchagida tarix yashiringan shahar — Londondan fotoreportaj
- Erkaklar ayollarga nisbatan koʻproq kaloriya isteʼmol qilishi kerakmi?
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring