Oʻzbekistonda yana 13 kishi koronavirusdan butunlay sogʻaydi
Foto: Hasan Paydoyev / "Xalq so'zi"
Koronavirus pandemiyasi dunyoning deyarli barcha davlatlariga tahdid solib turgan bir paytda, yurtimizda ushbu xastalikdan tuzalganlarning safi kengayib borayotgani eʼtiborga molik. Jumladan, mamlakatimizda ham fidoyi va tajribali shifokorlarimiz saʼy-harakati tufayli koronavirus infeksiyasiga chalingan bemorlar navbatma-navbat darddan forigʻ boʻlayotgani barchamizni quvontirmoqda.
Jumladan, bugun koronavirus infeksiyasiga chalingan bemorlarning yana 13 nafari butunlay tuzalishdi. Ularning 12 nafari Virusologiya ilmiy-tekshirish instituti klinikasidan, 1 nafari esa Xorazm viloyatidagi yuqumli kasalliklarga ixtisoslashgan shifoxonadan sogʻayib chiqishdi.
Virusologiya ilmiy-tekshirish instituti klinikasida sogʻayganlarni Sogʻliqni saqlash vaziri Alisher Shadmanov va boshqa masʼullar Respublika ixtisoslashtirilgan terapiya va tibbiy reabilitatsiya ilmiy-amaliy tibbiyot markaziga kuzatishdi.
Koronavirus infeksiyasi xastaligidan tuzalgan fuqarolarimizning 1 nafari joriy yil 13-mart kuni Istanbul – Toshkent yoʻnalishidagi reysda, yana 1 nafari esa shu yil 18-mart kuni Moskva – Toshkent yoʻnalishidagi reys bilan mamlakatimizga kelgan. Qolgan 11 nafar kishi esa koronivirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar bilan muloqotda boʻlishgan. Ayni paytda yurtimizda koronavirus infeksiyasidan jami sogʻayganlar 25 nafarga yetdi.
Tabiiyki, ushbu quvonchli voqea zamirida fidoyi va malakali tibbiyot xodimlarining ulkan hissasi bor. Koronavirus infeksiyasining dunyo boʻylab shiddat bilan tarqalayotgan bir paytda, yurtimiz shifokorlari sarosimiga tushmasdan, oʻz qasamyodlariga sodiq holda pandemiya bilan kurashishdek katta masʼuliyatni zimmalariga olishdi. Bor bilim va tajribasini ishga solgan holda qahramonlarcha koronavirus balosiga qarshi kurashishga kirishdilar va samarali natijalarga ham erishmoqdalar.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Bashakshehir” Turkiyaning grand klubi bilan durang oʻynadi
- Sakkizta gol urilgan oʻyinda “Barselona” gʻalaba qozondi
- Oʻzbekiston milliy terma jamoasi uchun Jahon chempionati qurʼasi omadli oʻtdimi?
- Ўзбекистон терма жамосининг Жаҳон чемпионатидаги ўйин саналари эълон қилинди
- AQSH Yevropadan NATO majburiyatlarining asosiy qismini oʻz zimmasiga olishni talab qildi
- Germaniyada oʻquvchilar harbiy chaqiruvga qarshi namoyishga chiqdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring